Qadriyat turlari:
• Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog' liq bo' lgan qadriyatlar.
• An'analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo'ladigan axloqiy qadriyatlar.
• Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va
ko'nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste'dodlarida namoyon bo'ladigan
qadriyatlar.
• Odamlar o'rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka asoslangan
munosabatlarda namoyon bo'ladigan qadriyatlar.
• Kishilaming yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog'lik bo'lgan qadriyatlar.
• Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o'rganish mumkin:
• Umuminsoniy qadriyatlar.
• Mintaqaviy qadriyatlar.
• Milliy qadriyatlar.
• Diniy qadriyatlar.
Milliy g'oya va ma'naviy qadriyatlaming uzviy bog'liqligi. Milliy ma'naviy qadriyatlar - ijobiy
axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga to'g'anoq bo'ladigan salbiy illatlami
bartaraf etish omilidir. Milliy g'oya va ma'naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o'zaro ta'sir
mavjud bo'lib, bu quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
Milliy qadriyatlar milliy g'oya uchun ma'naviy negiz, manba bo'lib xizmat qiladi.
Milliy g'oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko'tarish, odamlar ongi va qalbiga
milliy qadriyatlarni singdirish omili bo'lib hisoblanadi.
Milliy g'oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma'naviy qadriyatlarga baho
76
beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma'naviy mezoni bo'lib
maydonga chiqadi.
Ma'naviyat, qadriyatlar va milliy g'oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o'zaro
uzviy aloqadorlikda bo'lgan sohalaridir. SHaxs hayotida, umuman insoniyat taraqqiyotida, millat va
davlat taraqqiyotining ma lum davrlarida ma'naviyat va milliy g'oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil
bo'lib maydogan chiqadi. Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma'naviy,
milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo'yicha: iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy,
huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlaming namoyon bo'lish vosita-laridir (masalan, hayotda
kerak bo'ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o'zi yaratgan, suyanadigan
va qo'llab-quwatlaydigan qadriyatlar dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir.
Insoniyat o'zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun'iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz
yaratayotgan ushbu moddiy va ma'naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatlardir. Milliy
g'oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari kishilarga, ulaming xulq-atvorini tartibga
solish va to'g'ri yo'naltirishga xizmat qiladi. Bunday o'ziga xos boshqarish-ning samaradorligi
kishilarimizning milliy g'oya bilan bog'liq qadriyatlar olamini bilishga bog'liq.
Hozirgi zamonda ilg'or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini
nechog'li yuksaklikka ko'tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o'zgarishlar, islohotlaming
mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog'lom tafakkurning
shakllanishi katta ahamiyatga ega.
Odamlar ongida milliy g'oyaga asoslangan mustaqillik, ma'naviy va axloqiy qadriyatlami
rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg'otish va tikiash jamiyat barqaror rivojlanishining muhim
sharti va kafolatidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g'oya
bilan bog'liq bo'lgan ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil
ma'lumotlar bergan.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun
qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida totalitar tuzumga qaramay
o'zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an'analari saqlanib qolindi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar davomida yaratilgan
bebaho ma'naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda.
Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy o'zlikni anglashi murakkab sharoitda - eski imperiya
tuzumi barbod bo'lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi.
Dastlabki paytlarda bir asrdan ziyod totalitar tuzumga qaramay milliy g' oyaga asoslangan
ma'naviyat «Inkorni - inkor» sifatida kechdi. Awalgi tuzum qadriyatlarini inkor etishning o'zi siyosiy
va madaniy ekstremizm xavfini tug'dirardi. SHuningdek, orqaga betartib qaytish jamiyatni yangilash
zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Ana shu inkor etish jarayonida ekstremistik ruhdagi
muxolifat vujudga keladi. U ma'naviyatga qarshi muxolifat bo'lishi mumkin.
Jangari millatchilik, diniy murosasizlik va «o'zimniki» bo'lmagan hamma narsaga nafrat bilan
qaraydi. SHu boisdan bulami har tomonlama hisobga olgan holda ma'naviy tiklanishning ijobiy,
bunyodkorlik, bir - birini to'ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar ishlab chiqish, amalga
oshirishni zarur qilib qo'ydi.
Milliy o'zlikni anglash aynan ma'naviy qadriyatlami o'zlashtirish, o'z xalqining tarixi, madaniy
merosini o'rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasawur etishdan boshlanadi.
Milliy ma'naviy qadriyatlar ko'p asrlik tarixga ega. O'zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy
yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bulaming paydo bo'lishi juda qadim
zamonlarga borib taqalishini ko'rsatadi. Masalan, «Avesto» bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol
terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu asar paydo bo'lishi uchun undan awal ham kamida necha ming
yillik davr o'tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to'planganligi, shubhasiz. Bu asar yuksak
madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun
ham shu paytgacha o'z qimmatini yo'qotmadi.
Davrlar o'tishi bilan milliy ma'naviy qadriyatlar ham o'zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib
77
boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me'yor va talablar inkor etiladi.
YAngicha tasawur va yondashuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi.
XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga
ko'tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo'ladigan ta'sir beqiyos darajada zo'rayadi. Bu
ta'sir, bir tomondan, milliy madaniyatlaming boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va
yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo'lgan odat va
harakatlarning kirib kelishiga sabab bo'ladi.
Islom Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asarida xalqning madaniy qadriyatlari,
madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma'naviy kuch bo'lganligiga
alohida e'tibor berdi.
Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma'naviy va madaniy merosni tikiash O'zbekiston davlati
siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur o'rganish, yoshlarni unga e'tiborini
jalb etish muhim.
Jamiyatda ma'naviy qadriyatlarni tiklashga milliy g'oya jarayoni sifatida qarashda quyidagi
jihatlarga e'tibor berish lozim:
Xalqimiz istiqbol tufayli siyosiy mustaqillikni qo'lga kirit-ganligi.
O'z taqdirini o'zi belgilashning chinakam egasi bo'lganligi.
O'zining ma'naviy-tarixiy ildizlarini o'rganish imkoniyati yuzaga kelganligi, ammo uning juda
murakkab jarayonlarda amalga oshirilayot-ganligi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm xavfi» tug'ilishi
mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab qolishda, barqarorlikni ta'
minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq misollar yordamida yoritish o' zining amaliy
ahamiyatiga ega.
1994 yil 23 aprelda O'zbekiston Birinchi Prezidentimizining «Respublika «Ma'naviyat va
ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risi-da»gi Farmoni, 1996 yil 9 sentyabrda esa
«Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samarador-ligini
oshirish to'g'risida»gi Farmoni va boshqa manbalarda quyidagi qadriyatlar haqida gapiriladi:
Vatan - eng oliy makon, u menikidir.
Eng oliy qadriyat - inson.
Mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyati-ning eng oliy turi - intellektual
mehnat.
Vaqt eng oliy boylik.
Umuminsoniy qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar.
Milliy qadriyatlar.
Tabiiy qadriyatlar.
Iqtisodiy qadriyatlar.
Ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar.
Ma'naviy qadriyatlar.
Axloqiy qadriyatlar.
Diniy qadriyatlar.
Oilaviy qadriyatlar.
Demokratik qadriyatlar va h.k.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'tgan 15 yil mobaynida o'zbek xalqining ma'naviy-
axloqiy negizlarini asoslab berdi:
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.
Xalqimiz ma'naviy merosini mustahkamlash, rivojlantirish.
Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.
Vatanparvarlik. O'zbekiston tanlagan ustuvor qadriyatlar: 1 .Demokratik qadriyatlar
Erkin bozor iqtisodiyotini barpo etish
3.SHaxsning huquq va erkinliklarini ta'miniash
Milliy ma'naviy meros, qadriyatlaming tarkibi. Milliy ma'naviy meros va qadriyatlar
tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, uning tarkibi quyidagilardan tashkil topgan:
Tarixiy meros va tarixiy xotira.
78
Madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo'lyozmalar.
Ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari.
San'at va milliy adabiyot.
Axloqiy fazilatlar.
Diniy qadriyatlar.
Urf-odat, an'ana va marosimlar.
Ma'rifat, ta'lim-tarbiya va hokazolar.
Milliy ma'naviy qadriyatlarning ana shu har bir ko'rinishi muhim ahamiyatga ega. Bularning
har birini misollar tariqasida chuqur tushuntirib berish mumkin.
Demak, milliy ma'naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini
mustahkamlash va kelajagini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Milliy istiqlol g'oyasining amal qilish tamoyillari quyidagilardan iborat:
Insonparvarlik tamoyili.
Vijdon erkinligi.
Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish - demokratik jamiyat barpo etishning asosiy sharti.
Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyili.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik.
SHaxs qadriyatlari, inson ma'naviy olami bilan bog'liqligi.
Oila - jamiyatning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskani.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlash-tirish.
Hayotni erkinlashtirish.
SHaxs erkinligiga tayanadi.
Mustaqillik tufayli milliy-ma'naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov “ma'naviy o'nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy o'nglanish mumkin emas”ligini
aytib, “ma'naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir” degandi. SHu sabab mustaqillik
yillarda johon tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk allamalarning merosini yangidan
ijodiy o'zlashtirish o'ayotiy ehtiyojga aylandi. Imom Buxoriy, at. Termiziy, B.Naqshband, Ahmad
YAssaviy, al-Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy kabi buyuk
zotlar merosini o'rganio' demokratik jamiyatning milliy ma'naviy negizlarini tashkil qiladi. Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov 1992 yilda yozgan “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li”
asarida O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy- ahloqiy negizlarini ko'rsatib bergan edi:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,
xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish,
insonning o'z imkoniyatlarin erkin namoyon qilish,
vatanparvarlik.
Bu tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog' liq bo' lib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29 avgusta Oliy Majlis
9-sessiyasida Birinchi Prezidentimiz islom Karimov “O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni
yanada chuqurlash-tirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari”
ma'ruzasida jamiyatni ma'naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib bergan. “Barcha
islohotlarning bosh yo'nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va
mezonidir” deb bu masalaga alohida e'tibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini amalga oshirish uchun
zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish mumkin. Birinchi
Prezidentimiz bu masalaga diqqat berib, “Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma'naviy merosi ming
yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma'naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz,
tilimizga qaytdik, milliy urf- odatlarimiz va an'analarimiz, xullas inson ma'naviyatiga daxldor barcha
boyliklarimiz qaytadan qad rostlamoqda”. M.Gandining fikricha, “Insoniyat - bu yagona, bo'linmas
oila, uning har bir a'zosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz” degan edi. Ma'naviyat
mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi, asrlar davomida
to'plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasawurlari bilan bog'liq. Mamlaka-timizda kechayotgan
demokratik o'zgarishlar jamiyat ma'naviy yangilashiga bog'liqligini faqat o'zbek millati ma'naviyati
bilan bog'lash, baholash adolatdan emas.
Barkamol shaxs - demokratik jamiyat tushunchasidir. Ma'naviy barkamol inson haqadagi
ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo' lgan emas. Uning tarixiy ildizlari
79
SHarq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy ta'limotlariga borib taqaladi. SHu sabab “Biz sog'lom avlodni
tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy sog'lomlikni emas,
balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonga ta'rif berib, ongi
yuksak, mustaqil fikrli, xulq-atovori bilan ibratli, bilimli, ma'rifatli kishini tushunishini bay on etdiyu
shu boisdan ham jamiyatning ma'naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo etish omilidir.
Milliy-ma' naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o'zlikni anglash ham zarur, chunki, xalq
ma'naviyatning asosidir.
A.Karimov milliy istiqlol mafkurasi kontseptsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy
va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan 2000 yil 6 apreldagi uchrushuvda so'zladi. Nutq jamiyatimiz
hayotidagi eng muhim masalalardan biri milliy mafkura xususida bo'ldi. Bugungi kunda nafaqat
iqtisodiy hayotimizda, balki, ongu tafakkurimizda ham yangilanish o'zgarish jarayoni kechmoqda.
Pirovard maqsadimiz bo'lgan ozod va obod, erkin va farovon hayot qurishdagi intilishlarimizda biz
uchun ruhiy-ma' naviy kuch-quwat manbai, ilmiy asos - bu milliy g'oya, milliy mafkuradir. Fikr bor
joyda baxs bo'ladi, baxs bor joyda haqiqat yuzaga keladi. Milliy g'oya, milliy mafkura
ma'no-mohiyati, biz uchun juda zarur va kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
O'z kelajagini qurmoqchi bo'lgan har qanday davlat o'z milliy g'oyasiga suyanishi va tayanishi
zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura asosiga qurilmog'i lozim. Oldin g'oya
paydo bo'ladi. Odamlarimizni olijanob maqsad atrofida birlashtirishimiz zarur. Ongni, tafakkumi
o'zgartirmisdan turib, biz ko'zlagan oliy maqsadga erishib bo'lmaydi.
Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o'tish sharoitida yashamoqdamiz. SHu davrda
maqsadimiz aniq bo'lishi kerak. Maqsadga puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin.
YOshlarimizni qanday g'oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va tafakkur ular uchun
qurol bo'lib xizmat qiladi?
Hech qanday g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. eng ta'sirchan kurash awalo,
mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g' oyalar
orqasidan ergashib ketmoqda.
Milliy g'oya millatning o'zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat qilmog'i kerak
Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur.
Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilmasligi kerak.
“Foyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish,
olishish mumkin.” Ozod bo'lsang ozod bo'l, erkin bo'lsang erkin bo'l, mustaqil bo'lsang mustaqil bo'l.
O zbek millati oqko'ngil millat. Milliy mafkura o'zlikni anglashga xizmat qiladi. O'zlikni anglash o'z
tarixini bilishdir. Tarixini bilish nasl-nasabini anglashdir. Milliy g'oya birlashtiruvchi kuch, qanot
bo'lishi shart.
Milliy g'oya ma'naviy negizida umuminsoniy qadriyatlar va milliy
xususiyatlarning e'tirof etilishi.
Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi - barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi,
insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi moddiy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli
jihatlaming ustuvor bo'lishiga tayangan g'oyalar asosidagi faoliyat qadriyatlardir. Har bir odam jinsi,
irqi, millati, yoshi, kasbi, e'tiqodidan qat'iy nazar awalambor bashar farzandi, insondir. SHu umumiy
mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo' lgan predmet, hodisa,
jarayon, munosabatlarni farqlashga imkon beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifoda-laydi, u davrlar o'tishi va
ijtimoiy hayotning o'zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko'proq xalqlarni,
millatlami, inson-lami yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi kuchga aylanib boradi.
Insonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqa-rorlik va farovonlik, ezgulik va
taraqqiyotga bo'lgan intilish umuminsoniy qadritlarning muhim jihatlaridir.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uzviy bog'liq va ta'sirlashuvda o'zaro boyib boradi.
Umuminsoniy ahamiyat kasb etgan milliy qadriyatlar barcha xalqlar uchun muhim qadriyatga
aylanadi. SHu jihatdan, umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmunan kengdir, kelib
chiqishi bo'yicha barcha odamzodga tegishlidir. Hech bir millatning boshqa xalqlardan ajral-gan
holda rivojlana olmasligi, ayniqsa, hozirgi davrda biror xalqning yakka o'zi jahon tsivilizatsiyasidan
alohida holda taraqqiy etmasligi ma lum.
Umuminsoniylik milliy va shaxsiy qadriyatlar orqali namoyon bo'ladi. Umuminsoniylikning
80
ustuvorligi - bu, har bir inson baxtli-saodatli, ozod va erkin bo'lishi, jamiyatda amalga oshirilayotgan
barcha ishlar, o'zgarish va islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, degan qarashga
asoslanadi. Ana shu sababdan ham, inson erkinligi, uning haq-huquqlarini ta'miniash, qonun
ustuvorligi, demokratiya, fikrlar rang-barangligi va ijtimoiy plyuraizmga erishish umuminsoniy
qadriyatlar ustuvorligiga amal qilish sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda jahon davlatlarning ichki
va tashqi siyosatida ana shu tamoyillarga amal qilinishi - umuminsoniylikning ustuvorligi g'oyasiga
tayanish, bu g'oyani amalga oshirish sifatida baholanmoqda.
Har bir millatning mavqei uning insoniyat taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan o'lchanadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlami qarama-qarshi qo'yish milliy hudbinlik yoki xalqaro nizolarga
olib kelishi, natijada, butun insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga to'siq bo'lishi mumkin. SHuning uchun,
umuminsoniy ahamiyat kasb etgan qadriyatlami qaerda va qachon shakllangan, qanday millat
vakillari yaratganidan qat'iy nazar ehtirom bilan tan olish hamda qabul etish taraqqiyotga xizmat
qiladi. Mustaqil respublikamizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligiga, xalqimizning
jahon hamjamiyati bilan birga rivojlanish yo'lidan borishiga alohida e'tibor berilayotgani ham
shundan.
Demak, milliy istiqlol g'oyasi quyidagi umuminsoniy qadriyatlami e'tirof etadi va o'ziga
singdirib oladi:
Qonun ustuvorligi.
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'miniash.
Turli millat vakillarini, ulaming madaniyatini va qadriyatlarini hurmat qilish, ular bilan
hamkorlik qilish, do' stlik va yaxshi qo' shnichilik.
Dinlararo bag'rikenglik.
Dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik.
Turli xalqlaming ilg'or tajribasini, insoniyat madaniyati yutuqlarini o'rganish va egallab olish.
Inson - eng oliy qadriyat.
Vatan - eng oliy qadriyat va h.k.
Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar
bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo' lmagan millat yo' q.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq
holda namoyon bo'ladi. O'zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e'tibor
kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma'naviy
asoslardan biri. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq
tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga
hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlaming ustuvorligi, boshqa xalqlamikiga o'xshamaydigan
urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an'analar bilan tavsiflanadi.
Ma'lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular mahalliy, milliy,
mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl mazmunda mavjud bo'ladi. Mahalliy qadriyatlaming eng
etuklari va milliy manfaatlarga, moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko'tariladi. Milliy
muhit qadriyatlami yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlaming eng
yaxshilarini voyaga etkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi.
Milliy qadriyatlar - milliy g'oyaning ma'naviy negizi. Milliy g'oya - millat tafakkurining
mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o'zagidir. Turli xalqlaming
milliy g'oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e'tiqodini ifodalaydi, ayni
paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarixdan ma'lumki, o'tkinchi manfaat
va g'aliz niyatlarga tayangan, o'zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko'zlagan
yovuz g'oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g'oyalar va
yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g'oyalar xalqlami taraqqiyotga eltgan.
O'zbekiston xalqining milliy istiqlol g'oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi.
Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.
Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat:
Xalqimiz hayotida jamoa bo'lib yashash ruhining ustuvorligi.
Xalq ongida ustuvor bo'lgan fikr - do'st va yaxshi qo'shni bo'lib, tinchlik va totuvlikda,
yaqindan hamkorlikda yashash.
Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish.
81
Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e'tibor, butun jamiyatni hurmat
qilish.
Millatning o'lmas ruhi, millat ma'naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida ona tiliga muhabbat,
uni sevish.
Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e'tiqodga amal qilish.
Ayol zotiga ehtirom ya'ni, muhabbat, go'zallik va nafosat timsoli, abadiy hayot ramzi bo'lgan
ayolni qadrlash.
Sabr-toqat, va mehnatsevarlik.
Halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Bu tamoyil va qadriyatlar O'zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o'z
milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi uchun to'la imkoniyatlar
yaratilishini ifodalaydi. O'tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz
qadriyatlami hurmat qilish, ularni o'rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har
bir millatning tili, qadriyatlari, urf- odatlari, an'analarini hurmat qilishni ta'miniash milliy istiqlol
mafkurasining amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo'lishi uchun asoslar yaratadi.
Demak, o' zbek xalqining milliy xususiyatlarida:
Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o'ta mas'uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U
muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar
berish, uyli-joyli qilish - aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir...
Mahalla - o'z-o'zini boshqarishning o'zbek xalqi yaratgan eng katta yutug'i, oqilona shaklidir.
Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko'pchilikka ayon.
Qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo'lib, asrlar davomida bu borada muayyan
qadriyatlar shakllangan. «YOn qo'shnim - jon qo'shnim», «Xovli olma - qo' shni ol», «Uzoqdagi
qarindoshdan yaqindagi qo' shni afzal» va h.k.
Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda
hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasi qoldirish, yagi avlodga mehr qo'yish, uni oyoqqa
turg'azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalami e'zozlash,
keksalarga ehtirom, mehr-muruwat ko'rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g'oyamizni tasavvur
eta olmaymiz. «Keksani qopda saqla, o'ligini hafta saqla»...
Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko'pini tashkil etadigan xotin- qizlarga bo'lgan
munosabatning eng yuqori cho'qqisidir. Demokratiyaning eng muhim yutug'i - har ikki jinsning teng
huquqli va erkin bo'lishini ta'minlashdir...
Onaga bo'lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga
nisbat berilganda ona nomi qo'shiladi. Milliy istiqlol g'oyasi onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar
uchun faro von hayot, go'zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlaming erkinligi va o'z
qadr-qimmatini anglab etishiga, o'z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit
yaratishni bosh g'oyasida mujassamlashtirgan.
Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o'zini anglashi, o'z-o'zini himoya qila olishi,
erishgan zafar yo'li va mag'lubiyatlari, sitamli damlarining yodnomalaridir.
Dostları ilə paylaş: |