Milliy-ma`naviy qadriyatlar tushunchasi - judà keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi -
ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - "milliylik", "Ma`naviyat" va "qadriyat"
tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
1994 yil 23 aprelda O`zbekiston Prezidentining «Respublika ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to`g`risida»gi Farmoni, 1996 yil 9 sentyabrda esa
«Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini
oshirish to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Milliy qadriyatlar -millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar
bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o`ziga xos qadriyatlari bo`lmagan millat yo`q.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma`naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog`liq
holda namoyon bo`ladi.
Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o`ta mas`uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U
muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar
berish, uyli-joyli qilish - aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir...
Mahalla - o`z-o`zini boshqarishning o`zbek xalqi yaratgan eng katta yutug`i, oqilona shaklidir.
Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko`pchilikka ayon.
Qo`ni-qo`shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo`lib, asrlar davomida bu borada
muayyan qadriyatlar shakllangan. «YOn qo`shnim - jon qo`shnim», «Xovli olma - qo`shni ol»,
«Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo`shni afzal» va h.k.
Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda
hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasl qoldirish, yagi avlodga mehr qo`yish, uni oyoqqa
turg`azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalarni e`zozlash,
keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat ko`rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni
tasavvur eta olmaymiz. «Keksani qopda saqla, o`ligini hafta saqla».