181
estrada
musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. Ommaviy madaniyat
odatda kiborlar yoki xalq
madaniyati qadriyatlariga nisbatan kam badiiy qadrga ega va u ommaviy iste`molga mo`ljallab
madaniy qadriyatlarni ishlab chiqishni ifodalaydi hamda u industrial jamiyatlarga xosdir. Ommaviy
madaniyat barcha odamlarga qaratilgan bo`lib, muttasil ravishda
kundalik hayot uchun ishlab
chiqiladi va ommaviy muomala vositalari faoliyatida yorqin namoyon bo`ladi.