Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
O’quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni o’qitishning maqsadi. Fanning o’qitish jarayonida talabalarda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizning O’zbekistonda shakllanayotgan 
demokratik jamiyatning negizini tashkil etadigan ma’naviy qadriyatlarni his etish, ular 
haqida chuqur bilimga ega bo’lish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Fanni o’qitishning vazifalari: - qadriyatlarning milliy va umumbashariy 
jihatlarini ilmiy tahlil etish: -qadriyatlarning millat hamda jamiyat ravnaqidagi o’rnini 
talabalarga tushuntirish: 
-talabalarda qadriyatlarning mazmun-mohiyatini tushunish ko’nikmalarini hosil 
qilish: 
Aksiologiyaning ilmiy asoslarini o’rgatishni: 
Insonlar o’rtasidagi munosabatni aksiologiya qonuniyatlari asosida 
rivojlantirishni: 
yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan qadriyatlarni jamoatchilik fikriga 
tayangan holda taraqqiy ettirishni; 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi 
hamda xalqning ma’naviy tafakkurini yuksaltirishdagi rolini taxlil etishdan iborat. 
 
Fan bo’yicha talabaga bilim, malaka va ko’ nikmaga qo’yiladigan talablar 
Borliqni aksiologik mushohada etish, narsa - hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik 
asosida o’rganish, badiiy tafakkur va qadr tushunchalarning uyg’unligini ta’minlash, 
mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda aksiologik madaniyatni 
yuksaltirish, inson aksiologik ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. 
 
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanl ar bilan o’ zaro bog’liqligi va uslub jihatdan 
uzviy ketma-ketligi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo’limida 
ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy dunyoqarashini 
boyitish, ularda ijtimoiy jarayonlarga bo’lgan munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy 
falsafaning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar 
orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. O’quv rejadagi inson va 


185 
jamiyat xayoti va faoliyatini o’rganuvchi ijtimoiy gumanitar fanlar - tarix, psixologiya 
sotsiologiya, pedagogika kabi fanlar, shuningdek, tabiiy jarayonlar dialektikasini 
o’rganuvchi fizika, matematika, biologiya, astranomiya , kimyo kabi tabiiyot ilmiy 
fanlar bilan aloqador. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin