186
tuyg’usining namoyon bo’lish shakllari va darajalari. Uning zamonaviy mezonlari va
xususiyatlari. “Qadriyat” kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni, aksiologik ta’rifi
va tavsifi, qadriyatning ob’ekti va sub’ekti. Uning “qadr” va “baho” tushunchalari
bilan aloqasi. Bu tushunchalarning namoyon bo’lish xususiyatlari. Narsa, voqea,
hodisa va jarayonlarning
qadrli hamda qadrsiz jihatlari, qadriyatlarning namoyon
bo’lish
shakllari, ularning xilma-xilligi. Istiqlol davrida yangi qadriyat shakllari
yuzaga kelishi.
Qadrlash va qadrsizlanish muammolari.
Qadrlashning aksiologik mohiyati va mazmuni.
Qadrlash mezonlari va
me’yorlari, ular buzilishining salbiy oqibatlari. Qadrlashning shaxsiy, milliy,
umuminsoniy va boshqa darajalari. Qadrlash va qadrsizlanish qarama-qarshi hodisalar
sifatida. Moddiy, ma’naviy, siyosiy, mafkuraviy
va boshqa sohalardagi
qadrsizlanishning o’ziga xosli va oqibatlari.
Mustabid tuzumda mamlakatimiz fuqarolari va ularning hayoti xavf ostida
qolganligi. Qatag’onlik yillari va uning qurbonlari. 1970-1980 yillardagi olib borilgan
“O’zbeklar ishi”, “paxta ishi” siyosati, uning asl mohiyati. CHeklangan demokratiya
sharoitida
ijtimoiy-siyosiy
qadriyatlarning
ahvoli;
ittifoqning
“hokim”,
jumhuriyatlarning tobe bo’lib
qolganligi, kommunistik mafkuraning yakka
hukmronligi va
uning oqibatlari; shaxsga sig’inish siyosati, uning milliy qadriyatlarga
salbiy ta’siri, diniy va milliy urf-odatlarimizni toptalganligi.
Hozirgi davrda qadrlash me’yorlari o’zgarishi.
Dostları ilə paylaş: