Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
Fanning ta’limdagi o’rni. 
Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda olingan bilim muntazam qo’l 
laniladi. 
 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Dasturda 
ko’rsatilagn 
mavzular 
ma’ruza, 
seminar 
shaklida 
olib 
boriladi.,shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida 
o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, 
“Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, 
multimedia namoyishlari bilan o’tkaziladi. 
 
Asosiy qism Qadriyatshunoslikning predmeti, mavzulari, maqsad va vazifalari. 
“Qadriyatshunoslik”, “Aksiologiya”, “Qadriyatlar falsafasi”, “Qadriyatlar 
nazariyasi” atamalari, ularning mohiyati, mazmuni, o’zaro aloqadorligi va farqlari. 
Qadriyatlarni o’rganuvchi ilm sohasining sobiq ittifoqdagi taqdiri. U davrda bu 
boradagi muammolarning hal qilinmay qolganligi va tadqiq etilmaganligi. 
Jamiyatimiz rivojining hozirgi davrida “qadriyatshunoslik” va qadriyatlarga 
munosabatning tubdan o’zgarganligi, qadrlash falsafasini o’rganish zaruriyatining 
oshib borayotganligi. 
 
Qadriyatshunoslikning sharqona ildizlari 
Qadimiy SHarq va O’rta Osiyoda qadriyatlar to’g’risidagi g’oyalar takomili va 
uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni. Olam, koinot, jamiyat va inson to’g’risidagi 
dastlabki aksiologik qarashlar. Diniy va mifologik qadriyatlar. Iudaizm, buddizm va 
boshqa dinlarning qadriyatlari hamda qadriyat tizimlari. Zardo’shtiylik va arab 
istilosiga qadar siyosiy jarayonlar hamda qadriyatlar takomili. O’rta Osiyoda islom 
dini yoyilishining sivilizatsiyamiz qadriyatlariga ta’siri. ХХ asr va hozirgi davrda 
qadriyatlar mavzui. 
 
Qadriyatshunoslikning G’arbdagi rivojlanish bosqichlari va asosiy yo’ nalishlari. 
Antik dunyo va G’arbda qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarning takomil 
bosqichlari Suqrot, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqalarning qadriyatlar 
haqidagi g’oyalari va ularning ahamiyati. 
Evropada Renessans davri qadriyatlari. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy- siyosiy 
o’zgarishlar va yangi zamon qadriyatlarining shakllanishi XVIII va XIX asrda 
qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlar: nemis klassik falsafasi, fransuz inqilobi. Hozirgi 
davr G’arb aksiologiyasi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin