184
Kirish
Mustaqilligimiz tufayli xalqimizning milliy ongi, milliy g’ururi, milliy iftixori,
ma’naviy
dunyosi kundan kunga boyib, kamolot sari bormoqda. Bu esa, mustaqil
mamlakatimizning, jamiyatimizning ma’naviyat sohasini
yanada mustahkamlashga
xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz
qayta tiklanib, ular
umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog’langan holda yanada
rivojlangandagina jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar
muvaffaqiyatga erisha
oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega
insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ning ta’limning ijtimoiylashuvi
bo’limida ko’rsatib o’tilgan talaba - yoshlarning aksiologik dunyoqarashini
shakllantirish, ularda qadr va qadrsizlanish tuyg’ularini
qaror toptirish,
qadriyatshunoslikning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: