Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Milliy an`analar - milliy qadriyatlarning bir bo`lagi bo`lib, u millat hayotining turli sohalarida 
namoyon bo`ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va islohotlarning 
avloddan - avlodga o`tish hamda meros bo`lib qolish tarzi.
Mustaqillik yillarida an`analarga aylanib borayotgan bayramlar ham mavjud: 
1 yanvar - YAngi yil. 
8 mart - Xalqaro xotin - qizlar kuni.
21 mart - Navro`z bayrami.
9 may - Xotira va qadrlash kuni.
31 avgust - Qatag`on qurbonlari shahidlari kuni.
1 sentyabr - Mustaqillik kuni.
1 oktyabr - O`qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr - Konstitutsiya kuni.
«Ramazon hayit»i (IYD al-fitr).
«Qurbon hayit»i (IYD al - ADHA).
 
Marosimlar, urf-odat va an`analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning 
hayoti, u tug`ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o`tadi. Marosimchilik 
millatning o`ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an`analarni kelajakka etkazish vositasidir. 
«An`anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki ming yillikning 
so`nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to`g`ri keladi. Bu davr jamiyat barcha 
tomonlarining o`sishi va o`zgarishiga asos bo`lgan yangicha ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror 
topishi bilan bog`liq. Bu davr ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarga mos keladigan, an`anaviy qadriyatlar 
mezoni hisoblangan «Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog`liq. Bu davrda nisbatan tor 
doiradagi hududlar, urug` va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o`rniga keng 
doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo`lib, ibtidoiy ko`p xudolik 
(poleteistik) tasavvurlar o`rniga yakka xudolik (monoteistik) tasavvurlarning qaror topa 
boshlaganligini ko`ramiz. Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda 
istiqomat qiluv-chi urug` va qabilalarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning 
yaratilishiga kuchli ehtiyoj sezilgan.
«Avesto» ta`limotidagi an`anaviy qadriyatlar mezoni to`la sof diniy-mifologik mazmun bilan 
cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni 
o`rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan 
ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug`ini sochish uchun o`n ming 
turdagi kasalliklarni yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning 
davosini tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o`simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari 
ko`rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o`rganishlari orqali mazkur shifobaxsh 
xossa va sifatlarni ajratib olib, o`z dardlariga shifo topgan-lar. eng muhimi, tabiatni o`rganish orqali 
ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko`tarilgan. SHundan bo`lsa kerak, Otashparastlar qadimda, 
hatto o`rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo`lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) 
vinochilik bilan shuhrat qozonganlar. 
Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo`lmagan shaxslar tomoni-dan bunyod bo`lgan 
madaniyat qadriyatlaridir. Xalq ijodining mualliflari, odatda noma`lumdir. Jumladan, afsonalar, 
ertaklar, dostonlar («Go`ro`g`li», «Alpomish» va h.k.), xalq o`yinlari, kuy-qo`shiqlari (laparlar) va 
boshqa. Ijrosiga ko`ra xalq madaniyati elementlari yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo`shiq yoki 
o`yin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin