Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

“Qadriyatlar falsafasi” fanidan
Glossariy 
Qadriyatlar – inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat va ijtimoiy 
guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo’lida xizmat qilishdagi erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, 
xaqiqat, ma`rifat, go’zallik, yaxshilik, xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun 
tushuniladi. O’tmishdagi barcha falsafiy ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning 
maxsuli, jamiyat ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Qadriyatlar jamiyat 
taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Demokratiya - bozor iqtisodiyoti. Bu esa, turgan gap, hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni 
charxlaydi, raqobat va kim o`zarga bardosh berishni talab qiladi. Buning oqibatida shaxsda 
kurashchanlik ortadi, kishi toblanadi, shu bilan birga xudbinlik ham rivojlanadi. Xudbinlik 
andishasizlikni vujudga keltirishi mumkin. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, demokratiya erkinlik, 
ochiq muloqotlar, qonun asosidagi munosabatlarni qat`iy yo`lga qo`yib, oshkoralikni yuzaga 
keltiradi va adolatni tiklashga imkon yaratadi. 


179 
Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z xalqining tarixi, 
madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. 
Aksiologiya - qadriyatlar xaqidagi fan. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha 
narsalarga qadriyatlar deyiladi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma`naviy 
boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo`llanadigan tushuncha. Qadriyatlarni Farb 
mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o`rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga XX asrning ikkinchi 
yarmida nesim aksiologi Ý. Gartman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani
qadriyatlar to`g`risidagi fan yoki to`g`ridan-to`g`ri "qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har 
bir fanga o`z nomini bergan asosiy tushunchalar bo`lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham 
"qadriyatshunoslik" atamasi uchun shunday asos bo`la oladi. Garbda bu atama yunoncha "axio" 
(qadriyat) va "Logos" (fan, ta`limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar milliy 
g`oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo`lib, qadriyatlar axloqiy qoida va me`yorlar, ideallar va 
maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o`zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o`zaro 
yordam, adolatlilik, haqiqatgo`ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, 
mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas`uliyat kabi axloqiy 
tushunchalar shaklida namoyon bo`ladi.
Qadriyat - o`z tabiatiga ko`ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u 
o`zgaradi va takomillashadi. SHuning uchun qadriyat to`g`risidagi ta`limotlar ham takomillashib, 
rivojlanib boradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin