Maxsus adabiyotlar 1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: Tashkent Davlat yuridik instituti, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar 1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
2 mavzu: Moliyaviy nazoratning huquqiy asoslari Reja: 1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. 2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. 3. Davlat moliyaviy nazorati. 4.Auditorlik faoliyatining moliyaviy-huquqiy tabiati. 5.Moliyaviy nazoratning shaklari va usullari. 6.Moliyaviy monitoring va uning turlari.
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy (intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; (soliq to’lovlarining hajmlari (miqdorlari, o’lchamlari); ( xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; (xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari; (tannarx va foyda; (uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga bo’linadi:
-davlat moliyaviy nazorati; -nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan. Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo’jalikning barcha bo’g’inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
-iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish , -byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); -korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo’lgan( mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; -o’zaro soliq munosabatlari. Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir; asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq muassasi; quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish; davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish; va boshqalar.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mustaqillik; ob’yektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); oshkoralik.