Maxsus adabiyotlar 1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: Tashkent Davlat yuridik instituti, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar 1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
3 mavzu: Byudjetning moliyaviy huquqiy asoslari Reja: 1. Byudjet tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 2. Byudjet tuzilishi. 3. Byudjetning tasnifi: mazmuni va tuzilishi. 4. Byudjet sahosida vakillik va ijro hokimiyati davlat organlarining vakolatlari.
1. Byudjet tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng awalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, aholining turmush darajasini ko‘tarishga mo`ljallangan ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo`ladi. Bu umumdavlat xarajatlari byudjet orqali moliyalashtiriladij Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi.
Umuman. byudjet inglizcha so‘z bo‘lib, davlat. korxona.muassasa va ayrim shaxslaning ma’lum muddatda oldindanbelgilab qo‘yiladigan kirim-chiqim. ya’ni daromad va xarajatlarimajmuini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida byudjet davlat byudjetiga va mahalliy byudjetlarga bo‘linishi nazarda tutilgan.
2013-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining 360- HP sonli qonuni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi» qabul qilindi. Mazkur Kodeks byudjet munosabatlarini tashkil etish va tartibga solishni huquqiy manbasi hisoblanadi. Ushbu Kodeks 2014-yil 1-yanvardan kuchga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 1-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning 2-moddasiga muvofiq byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 3- moddasiga asosan mazkur Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo’laniladi:
Byudjetdan ajratiladigan mablag`lar - O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag'lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘lari;
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchi - o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag1 oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi;
Byudjet sohasidagi vakolatlar - byudjet jarayoni ishtirokchilarining byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;