Davlat xaridlari- byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Davlat qarzi– O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablagMami jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari;
Daromadlar va xarajatlar smetasi- byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat;
Dotatsiya - byudjet tizimi byudjetlariga ulaming o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
Jamlanma xarajatlar smetasi - byudjet mablag1 larini taqsimlovchi tomonidan o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilaming xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
Moliya yili- birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqmi o‘z ichiga oluvchi davr;
Moliyaviy majburiyatlar- byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Moliyaviy nazorat obyektlari- O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari;
Subvensiya- muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;
Subsidiya- tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ulami realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlaming o‘mini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari;