Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Davlat xarajatlari tushunchasi, ularning tarkibi va xususiyatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə50/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Modul Moliya

2. Davlat xarajatlari tushunchasi, ularning tarkibi va xususiyatlari
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • iqtisodiyot xarajatlari;

  • markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar.

Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;

  • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o’ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o’rnini qoplash (subsidiyalar);

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta’minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obektlarni va fanga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

  • davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to’lash xarajatlari;

  • bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;

  • Chernobil AYeS halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari;

  • davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin