Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə51/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Modul Moliya

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to’lash va ularni saqlab turish xarajatlari;

  • hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar;

3) respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;

  • qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

  • O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

6) sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:

  • siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat solig’ining o’rnini qoplash;

  • O’zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo’lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;

  • davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish va O’zbekiston Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq xarajatlar;

  • davlat buyurtmasi bo’yicha statistika ishlariga haq to’lash;

  • saylovlar va referendumlar o’tkazish bo’yicha xarajatlar;

  • xo’jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to’lash;davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog’liq xarajatlar;

  • mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag’lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o’tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin