Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə59/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Modul Moliya

Maxsus adabiyotlar
1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: Tashkent Davlat yuridik instituti, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar
1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016


6 mavzu: Soliq tushunchasi va soliq tizimi
REJA:


1. Soliq tushunchasi.
2. Soliq tizimi va uning turlari.
3. Soliqqa tortish tamoyillari.


1. Soliq tushunchasi.
Soliq deganda - O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga to’lanadigan majburiy beg’araz to’lov tushuniladi.
Yig’im deganda - byudjet tizimiga Soliq kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to’lov tushuniladi, bu yig’imning to’lanishi uni to’lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yohud ruhsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo’ladi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to’lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo’yish soliqlar yoki yig’imlar jumlasiga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo’shilgan qiymat solig’i;
2) aksiz solig’i;
3) foyda solig’i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) ijtimoiy soliq.
O’zbekiston Respublikasi hududida yig’imlar belgilanishi mumkin. Yig’imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to’lash tartibi soliq kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig’imini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog’liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to’lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo’llashni nazarda tutishi mumkin.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin