a) Prezident qaroriga ko’ra favqulodda holat sharoitida b) Oliy Majlis qaroriga ko’ra favqulodda holatda
c) Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko’ra favqulodda holatda
d) Moliya vazirligi qaroriga pandemiya sharoitida
1.Kazus 1. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 50-moddasiga ko’ra Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilangan. Unga ko’ra soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantirilishi belgilangan.
1.Ushbu holatda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlarini tahlil qiling.
2.Davlat aktivlari tushunchasini tahlil qiling.
3.Boshqa qanday daromadlar hisobidan davlat byudjeti daromadlari shakllantirilishini tahlil qiling.
4.Tabiiy resurslarni sotish hisobiga shakllangan pul mablag’lari davlat byudjeti mablag’lari hisoblanadimi?