Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə79/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Modul Moliya

O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish
Valyutani tartibga solish - bu valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab berishga qaratilgan davlat organlarining faoliyatidir. O’zbekiston Respublikasi davlatning iqtisodiyot sohasi-dagi vazifalaridan kelib chiqqan holda, valyuta munosabatlarini tartibga soladi.Valyutani tartibga solish jarayonida ushbu fao­liyatni olib boruvchi organlarning tizimi ham o’zgardi.O’zbekiston Respublikasi ma’lum bir doirada valyuta va valyuta boyliklarining muomilasiga yo’l qo’yib, o’zining milliy valyutasi ustunligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish ikki bosqichda amalga oshiriladi: Valyutani me’yoriy-huquqiy tartibga solish, ya’ni valyuta bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabat-larni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;Valyutani individual (yakka)-huquqiy tartibga solish, ya’ni aniq bir valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi huquqiy me’yorlarni qo’llash.O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish-ning huquqiy asoslarini: O’zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Bank va bank faoliyati to’g’risida»gi va boshqa qonunlari, valyutani solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining va maxsus vako­latli organlarning me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-modda 6-bandiga binoan O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi valyuta ishlarini qonun yo’li bilan tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi valyuta sohasidagi qonun hujjatlarini qabul qiladi va ushbu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunining 6-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va­lyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillarini shakllantirishda ishtirok etadi, respublika to’lov balansini, respublika valyuta jamg’armasi valyuta mablag’lari kirimi va chiqimining istiqbolga oid taxminlarini ishlab chiqadi, valyuta boyliklarining oqilona taqsimlani-shini ta’minlaydi, hamda ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek Hukumat topshirig’iga binoan O’zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi.O’zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to’g’ri-sida»gi qonunining 40-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. Markaziy bank:
-ijro etish O’zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy bo’lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
-banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxs­larga chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziya­larni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazo­rat qiladi va tartibga solib boradi;
-banklar uchun ochiq valyuta mavqei limitla­rini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
-milliy valyutaning chet el valyutasiga nis­batan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;
-O’zbekiston Respublikasining xalqaro zaxira-larini tasarruf etadi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunining 8-moddasiga binoan valyuta operatsiya-larini amalga oshirishda vako­lat berilgan banklar (masalan, O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki) mijozlarning valyuta to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan va o’tkazgan operatsiya-lari to’g’risida hisobotlar taqdim etishlari ustidan nazorat qilib boradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin