Namangan davlat universiteti


I.2. Pedagogik akmeologiyaning ilmiy asoslari



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə12/109
tarix21.06.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#61988
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
Пед.акме.УМК 2021 Й

I.2. Pedagogik akmeologiyaning ilmiy asoslari
Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixoiog N.A.Ribnikov tomonidan ilk bor ilmiy muomalaga kintilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida rivojlanib boradigan, еtuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va sub’ektiv taraqqiyotida ko‘tarilib boradigan cho‘qqini ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar. Insoniyat tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish davrining akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z -o‘zini anglash tizimi va uning darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalarning turli-tumanligidadir. Bir soha akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar – astronomiya, matematika, meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog‘lanib ketdi. Ayrim manbalarda akmeologiya B.G.Ananev, V.M.Bexterev, V.N.Myasishev, E.S.Kuzmin, N.V.Kuzmina, N.A.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi fan, degan qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylaymiz. Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy - falsafly davrlar silsilasi bilan bog‘liq. Ya’ni, akmeologik dunyoqarash qadimgi Yunoniston mutafakkirlari va zardushtiylik ta’limotining kitobi «Avesto», islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme» so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan, Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yolida ilm-bilim egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. «Barcha donish va hunarimng sarmoyasi, – deydi Kaykovus, «adab, tavoze, hayo, pokdillik, beozorlik, sabr va matonatdir. Fazl egasi bo‘lay desang, so‘zlash va so‘zlashish san’atini egalla, chunki aql, idrok bilan aytilgan so‘z yoki harakat aql va hikmat ko‘zining surmasi va do‘sti yog‘idur». Bizningcha, ilm-bilim va hunar egallash eng zaruriy jihat bo‘lsa, ikkinchi muhim jihat – kishilar bilan doimiy muloqotda, munosabatda bolish har bir yoshdan ma’naviy, ahloqiy madaniyatni chuqur egallashni talab qiladi. Inson yoshi, vazifasi, faoliyatidan qa t’i nazar doimo insonlar orasida yashaydi, o‘qiydi va o‘z faoliyatini namoyon etadi. Chunki har kim ilm-hilim egasi bo‘Isa ham, o‘z. muomala, xattiharakati va odobida xato qilsa, saodatdan, boshqalar hurmatizzati, obro‘si va qadrlashdan mahrum bo iadi. Zero, mustaqil yurtimiz yoshlari yanada aqlli, dono, bilimdon, odobli, ijodiy va intellektual salohiyatga ega еtuk va mukammal shaxs bo‘lib еtishlihlari uchun, eng avvalo, o‘zlarida insoniy sifatlarni jo etmoqilari muhim.
Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, Sug‘diyonada o‘g‘il bola besh yoshga еtgach, yozuv va hisobga o‘rgatilgan, 20 yoshga kirganida biron kasb, hunarni egallagan bola savdo-sotiqni o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga j o‘natilar edi. Xalifalikning yangi poytaxti Bog‘dodda 832-yili «Baytul hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilib, uning ehtiyoji uchun katta mablag‘ ajratildi. Uning qoshida ikkita rasadxona, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning turli еrlaridan avvallari bitilgan, ilmga oid adabiyotlar to‘plandi. Ular yunon, lotin, hind, xitoy, fors va boshqa tillardan arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi. Bunday ilmiy, madaniy va ma’naviy yuksalish matematika, astronomiya, geografiya kabi fanlarning yaratilish va rivojlanish davri bo‘ldi, desak, aslo adashmaymiz. Xorazmshox davlatiga xos osoyishtalik asosida moddiy ishlab chiqarish va madaniy rivojlanish jarayoni jadallashdi, shahar hayoti yuksala bordi. Ishlab chiqarish va hunarmandchilik turlari ko‘paydi. Tog‘ jinslarini ishlash, shishasozlik, savdo-sotiq kuchaydi, Davlat boshqaruvi tizimida madaniyatni yaxshi anglagan, ilmli insonlar ko‘paydi. Bu davrga kelib san’at, ayniqsa, devoriy tasvir, haykaltaroshlik, badliy yog‘och o‘ymakorligi ham rivojlaridi. E’tirof etish lozimki, insoniyat olarni o‘zining еchilmagan jumboq va mo‘jizalari bilan tabiatning ajoyib gultoji sifatida boshqa jonli mavjudotlardan o‘z tafakkuri va aqli bilan ajralib turadi. Shu bois ham, insoniyat taraqqiyotining bosqichma-bosqich riyojlanishiga nazar tashlasak, har bir bosqichda o‘ziga xos yangi-yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar va komillik sari intilishini kuzatishimiz mumkin:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson o‘z qo‘l mehnati natijasi sifatida tanasining mukammallashishi va turli mehnat qurollarini shakllanishiga erishdi.
2. Quldorlik tuzumi davrida qishloq x o‘jaligi va davlat boshqaruvi (siyosat)da o‘ziga xos daraja, pog‘onalarga erishdi.
3. Feodal boshqaruv va kapitalistik tuzumlarda inson nafaqat qishloq xojaligi, madaniyat, balki sanoat va ishlab chiqarishda (jumladan, paxtani qayta ishlash) katta muvajfaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
4. Sobiq turg‘unlik davrida ham insoniyat ishlab chiqarish va sanoatni texnikalashtirishga erishdi. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida faqat mukammalik sari intilib, turmush sharoitini yanada yaxshilashga harakat qilib kelgan.
5. Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasiga yaqinlashmoqda desak, aslo xato qilmaymiz. Albatta, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan barcha dalillar, hammaga birdek malum. Ammo mukammallik, pog‘ona, daraja, yuksaklik kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatib kelingan bo‘Isada, uni ta’limot sifatida e’tirof etilmagan deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Tabiiyki, akmeologiya fanining tarixiy va madaniy ildizlari uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu o‘rinda bizga Avestoning kitobi, Bexustin bitiklari va hatto ajdodlarimiz qabr toshlaridagi yozuvlar ham muhim tadqiqot manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi «Avesto»da mukammallik haqida ayrim qaydlarni ko‘rish mumkin: Ey olamni yaratgan Zot! Ey Haqiqat! Zamin, hammadan ko‘ra baxtliroq bo‘lgan dunyodagi ikkinchi joy qaer? Axura Mazda javob berdi: – Bunday joy bir Ashavan uy tiklagan makondir. O‘sha uyda Mo‘bat ro‘zg‘or tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi... Tevalar xo‘raki farovon, yaxshi itlarning rizqi serob. Uy bekasi baxtiyor. Farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi. Tiriklikning go‘zal bir hodisasi yaxshilikka qovushadi».
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida akmeologik qarashlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, kabi allomalar asarlarida tariximiz va madaniyatimiz yorqin ravishda ko‘zga ko‘rinadi. IX-XII asrlarda va undan keyingi davrlarda mintaqamiz tarixiga oid solnomalar va risolalar talaygina yaratildi. Bular orasida «Buxoro tarixi», «Kesh va Nasaf o‘tmishi», «Samarqand tarixi», «Xorazm tarixi» kabi i yoki bu hudud o‘tmishi, aholi turish-iurmushi, siyosiy ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida katta-kichik asarlar vujudga keldi. Mahmud Qoshg‘ariyning uch jildlik «Turkiy so‘zlar lug‘ati» o‘zbek va boshqa turkiy tillar tarixini o‘rganishdagi muhim manbadir. Akademik B.Axmedovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari» kitobida o‘lkamiz tarixiga oid o‘rta asrlarda yaratilgan еtmish olti asarga izohlar beriladi.
Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishda «Nizomul-mulkning «Siyosatnomasi», An-Nasaviyning «Sulton Jamshiddin Manguberdi», Sohibqironning «Temur tuzuklari», Ali Yazdiyning «Zafamomasi» Mirzo illug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Zahiriddin Boburning «Boburnoma», Abulg‘ozixonning «Shajarayi turk», M.Solihning «Shayboniynoma» asarlari ham muhim manbadir. Akmeologiyada ob’ektiv va sub’ektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Bu omillar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, katta yoshdagi insonni a k t е darajasiga erishishiga imkoniyatlar yaratadi. Markaziy Osiyoda iX–XLI asrlar fa n va madaniyatning yuksalishi, «uyg‘onish», «tiklanish» ma’nosidagi renessans jarayoni bilan ifodalanishi mumkin. Bunday holat ma’lum bir davrdagi alohida jamiyatning «akme»sini ifodalabgina qolmay, balki moddiy va ta’naviy taraqqiyotga erishish omillarini ham ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Kaykovus, Nizomulmulk, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy asarlarida insondagi kasb-hunar fazilati tug‘ma aks holda fikriy fazilatda mutlaqo kuch va ulug‘lik bo‘lmasligi, agar kasb-hunar fazilati tug‘ma boiganda, podshohlar ham o‘zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy bir majburiyat bo‘lib qolishi, kasb-korlikda mukammallikka erishish uchun ham fikriy va aqliy fazilat, va ham tug‘ma qobiliyatlarni birdek ishga solish, ta’lim va ta’lim, o‘rganish orqali malaka hosil qilishi mumkinligi uqtiriladi. Me’morchilikdagi yangi g‘oyalar, yangicha naqsh uslublarining rivojlanishi, binokorlikda pishgan g‘isht ishlatish shular qatoridan o‘rin olishi mumkin. Yoki Markaziy Osiyoda so‘fiylik ta’limoti sifatida paydo bo‘lgan qarashlarda insonning pok bo‘lishi, Alloh yo‘lida har qanday noma’qul ishlarni qilmaslik, adolatli bo‘lish kabi xislatlarni rivojlantirgan.
XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida paydo bo‘lgan jadidchilik harakati davri tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik kategoriyalarining shakllanishiga olib keldi. Jadidchilik harakatining fidoyilaridan Mahmudxoja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziylarning nazariy qarashlarida ikkita muhim xususiyat ko‘zga tashlanadi: mustahkam irsiy ildiz hamda Sharq va G‘arb ma’rifatchilari, faylasuflarining nazariy merosini egallashga intilish, ular mamlakatni taraqqiyot yo‘liga olib chiqishning garovi G‘arb va Sharq madaniyatlarini uyg‘unlashtirib, xalqning k o‘zini ochish va shu asosda mukammal jamiyatga ega bo‘lish g‘oyasi tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik tushunchalarining shakllanishiga olib keldi. Jumladan, Abdurauf Fitrat millatning saodati va izzati, albatta, shu millat oilalarining intizomiga tayanishi, qaerdaki oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va mastahkam bolishligi haqida fikrlarni e’tirof etadi. Umuman olganda, Sharq mutafakkirlarining qarashlarida kasb egallashda kamolotga erishish bilan birga uning ma’naviy-ahloqiy fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqligi haqida so‘z boradi.
G‘arb tarixiy tafakkurida akmeologik nazariyalar I.A.Ribnikov tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, V.G.Ananev tomonidan shakllantirilgan va A.A.Bodalyov tomonidan rivojlantirilgan. Zarnonaviy akmeologiyaning vakili rossiyalik psixolog, akademik AA.Derkachning ilmiy izlanishlari bu fanni institutsional bosqichga ko‘tardi. Akmeologiyaning tabiiy fan sifatida shakllanishini izohlashda Frensis Galtonning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi. U ijodiy faoliyatida insonning o‘xshash qobiliyatlari, ozod iroda kuchirli o‘igana turib uning toza nasli, ya’ni еvgenik jihati atrof-muhitning holati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi haqqidagi g‘oyani ilgari suradi, I.Perna inson qobiliyatlari sifat mahsuldorligining turli psixobiologik omillarga bog‘liqligini isbotladi. Insonning oliy va tuban nuqtalari, shaxsning еtuk, mukammal, professional mutaxassis sifatida shakllanishi, uning «akme» cho‘qqilarga erishishi barobarida ijtimoiy-axioqiy muhit hamda irsiy sabablar ta’sirida tubanlikka yo‘l tutishi haqidagi g‘oyalar bir guruh frenolog olimlar – Iogann Kasar Lavater, Frans Iosif Gall, Georg Kombe, Chezare Lombroz asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu olimlar ilgari surgan nazariyaning asosiy mazmuni inson tabiatining asosiy shakllanish sharti, avvalo, uning irsiyligida bo‘lsa, so‘ngra sog‘lom turmush tarzining takomillasha borishidadir. Akmeologiya sohasi tadqiqotchilari – psixolog, pedagog va faylasuflar B.B.Barsis, I.A.Bespalov, G.P.Verbitskaya, L.E.Elshina, S.E.Zakoviyashina, Y.P.Kostenko, N.V.Kurbet, N.V. Kozlova, Y.A.Lixacheva, O.V.Mixaylov, K.V.Petrov, V.N.Sofma, V.A.Semikov, I.N .Stepanova, O.V.Faller psixologik nuqtayi nazardan akmeformni o‘rganish va tahlil qilish, ijodiy kasbiy mahorat hamda professionalizmni rivojlantirish uchun optimal texnologiyalar yaratish, turli kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ish jarayoni, usullari ustida kompleks tekshiruvlar o‘tkazish asosida yangi yutuqlarga erishishning institusional shaklini yaratish taklifini ilgari surdilar. Lekin, shuni aytish lozimki, ko‘pchilik adabiyotlarda kasbhunar va kasbiy mahorat alohida, shaxs ma’naviy-ahloqiy kamoloti alohida tahlil qilinadi. Ammo bizning akmeologiya sohasida tahlil qilgan ilmiy asarlarimizda, olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarimizda akmeologiyaning faqat psixologik, pedagogik va sotsiologik muammolari o‘rganilgan. Jumladan, G‘arb falsafasida kasb-hunar egallash moddiyunchilik nuqtayi nazaridan qaralib, mukammallikka erishish ijtimoiy- ahloq, xulq-odob qoidalari bilan chambarchas bog‘liqligi hisobga olinmaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng olimlarimiz kasb-hunar egallashda mukammallikka erishish, kasbiy mahorat to‘g‘risida o‘tmish mutafakkirlarining qarashiari, hozirgi zamonda. turli kasblarning ijtimoiy-ahloqiy jihatlari to‘g‘risida qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar.
Jumladan, akademik M.Xayrullaev, faylasuf olimlar X.A.Shayxova, Y.Jumaboev, A.Q.Qodirov, R.Nosirov, G.Navro‘zova, M.M.Qahhorova, X.Rahmatovalar, filologladan N.Komilov, S.Olim va boshqa mutafakkirlar turli kasb egalarining ahloqiy qiyofasi, ularning qanday ahloqiy fazilatlar va xulq-odob qoidalarini egallashlari lozimligi to‘g‘risidagi fikrlarni tarixiy falsafiy jihatdan o‘rgandilar. Umuman olganda, mavjud tadqiqotlarda akmeologiya yaxlit va tizimli holda o‘rganilmagan, uning maxsus fan sohasi, ta’limot silatida, qirralari, muhim xususiyatlari kasbiy etikasiz tasavvur qilib bo‘lmasligi ochib berilmagan.
Shular asosida barcha fanlar qatori akmeologiyaning o‘ziga xos uslubiy yo‘nalishlari yuzaga keldi.
-Birinchidan, tabiiy ilmiy yo‘nalish – klassik tabiiy fanlarni murakkablashtiruvchi metodologik jihatdan intizom standartlari bilan (dalillar, mexanizmlar, qonuniyatlar, matematik modellashtirish) mustaqil fan sifaticla shakllanishiga yo‘naltirilgan.
-Ikkinchidan, bir qator akmeologik masalalarni, tabiiy qobiliyat, genetik va psixofiziologik qobiliyatlar tarkibiy qismlari va professional mahoratli bo‘lishda psixologik ko‘nikma va boshqalarni hal qihshda yoshlar fiziologiya; psixogenetika, mehnat psixofiziologiyasi tabiiy bilimlari apellyatsiya o‘rnini egallaydi. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish yanada ko‘p qirrada namoyon bo‘ladi. Akmeologiya bir tomondan, inson haqidagi bu fanlarning genetik manbayi sifatida tarixan birgalikda rivojianadi, ikkinchi tomondan, uiarning fan sifatida erkin rivojlanishini shakllantirish orqali o‘z ontologik ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, akmeologiya fan sifatida kirib kelgunga qadar psixologiya, sotsiologiya, pedagogika fanlari akmeologik masalalarga o‘xshab ketuvchi professionalizm, ijod, salohiyat va gerontoiogiya masalalari bilan shug‘ullangan. Ammo aynan mahoratning kamol topishi – akmeform cho‘qqisiga erishishda asosiy urg‘u berilishi avvaliga maxsus akmeologik masalalar tug‘ilishi hamda keyinchalik o‘ziga xos akmeologik texnologiyalarning konseptual-metodologik tuzilishiga olib keldi. Taraqqiy qilgan sayin asosiy fan, ya’ni akmeologiyaning maxsus ob’ekti va uslubi paydo boldi. Texnologik yo‘nalish – bu nafaqat bir qancha texnik fanlar (kibernetika, tizimli texnika, ma’lumotlar nazariyasi va boshqalar) ning o‘zaro harakati bo‘lmay, balki ularni mavjud bilimlarni amaliyotga yo‘naltirishda aniq dasturdan foydalanish hamdir. Bunda akmeologiyaning texnik qoidalar bilan o‘zaro aloqasi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmay, balki inson omillarini texnikaga moslashtirishga yo‘naltirilgan ergonomika bilan bog‘lanadi. Shu o‘rinda, ya’ni qayd qilish lozimki, boshqa tarafdan ikki tomonlama ko‘rinishda: gumanitar bilimlarning o‘sishi (masalan, psixotexnika va o‘yin texnikasi, innovatika va refleksika kabilar) natijasida texnik fanlarning insonparvarlashishi (bionika, sotsionika, sinergetika va boshqalarning paydo bo‘lishi) – zamonaviy praksiologiya doimo akmeologiya diqqatida bo‘ladi. Umuman olganda, akmeologiya bugungi insonshunoslik fanlari orasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, yuksak professional kadrlar tayyorlash siyosatining ajralmas qismi desak, aslo xato qilmaymiz.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin