18
“SOTSIOLOGIYA” FANIDAN
(Bakalavr yo‟nalishlari uchun)
ISHCHI O‟QUV DASTURI
Mashg`ulot va
nazorat turi
Mavsum
semestr
Mashg`ulot tarkibi
Nazorat
turi
Jami
o`quv
soati
Ma'ruza
Seminar
Tajriba
mashg`ulot
Kurs
ishi
Mustaqil
ta'lim
Nazorat
ishi
Kunduzgi ta'lim
V-VI
18
18
20
Reyting TEST
56
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2011
yil 17 sentabrdagi 392-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy o‘quv muassasalari uchun
SOTSIOLOGIYA fanidan
Namunaviy o‟quv dasturlari (tajriba sinov) asosida tuzildi.
Tuzuvchilar:
dots.X.Urinboyev
, ass.A.Nurmatov
Taqrizchi:
dots. A.Abdulazizov
Fanning ishchi o‘quv dasturi ―Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasining 2016 yil ―___‖ _______
―____‖-son yig‘ilishida muxokamadn o‘tgan va fakultet kengashida muxokama qilish
uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri _______dots.A.Soxadaliyev
Fanning ishchi o‘quv dasturi ―Muxandislik-texnika‖ fakultet kengashida muxokama
etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2016 yil ―___‖_______dagi sonli
bayonnoma)
Fakultet dekani:
dots. B.Ergashev
Kelishildi:
O‟quv uslubiy bo‟lim boshlig‟i
dots.A.Normirzayev
19
KIRISH
Sotsiologiya gumanitar fanlar doirasidagi shunday yo‘nalishki, u butun jamiyat
va uning ijtimoiy tizimini tashkil etadigan tarkibiy qismlarining rivojlanish va mavjud
bo‘lish qonuniyatlarini, turli sotsial jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
va kishilarning
sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini o‘rganadi.
Sotsiologiya fani jamiyatda ro‘y berayotgan yirik ijtimoiy siyosiy voqealarni
shunchki qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki uning asl mohiyati va mazmunini
atroflicha ochib beradi. Bu fan o‘zining ilmiy xulosalarini empirik darajada asoslangan
xolatda ilgari suradi.
Sotsiologiya fan sifatida xozirgi ijtimoiy jarayonlar xolatiga to‘laqonli javob
berish bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboldagi o‘zgarish darajasi xususida
bashorat qiladi. Ana shu jixatdan sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot
usullarini atroflicha o‘rganib chiqish zarurati tug‘iladi.
Fanning asosiy mohiyati sotsiologiya rivojlanishining nazariy uslubiy asoslari,
fanning predmeti va ob‘ekti, institutlashgan shakllari, ijtimoiy fikrning tarixiy
rivojlanishi, fanlar tizimida sotsiologiyaning o‘rni, Sotsiologiyani tushunishdagi ilmiy
nazariyalar, uning tushunchalar tizimini ko‘rib chiqishda namoyon bo‘ladi.
Fanning nazariy asoslari dolzarb ijimoiy jarayonlar, sotsial struktura va sotsial
tizimlarning mavjud bo‘lishi va rivojlanish muammolari, jamiyat sotsial madaniy tizim
sifatida, shaxs ijtimoiy munosabatlarning ob‘ekti va sub‘ekti sifatida, sotsial
munosabatlar, ijtimoiy jamoalar, sotsial aloqalar, sotsial tashkilotlar, guruhlar, sotsial
institutlar va institutlashgan munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarni batafsil
bayon qilish bilan mos keladi. Bunda asosiy e‘tibor amaliy faoliyatda sotsiologik bilim
va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O‘zbekiston va jaxondagi
sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.
Ushbu dastur sotsiologiya fani qo‘lga kiritgan va munozarali Sotsiologik
masalalar yuzasidan keyingi yillarda monografiya, dissertasiya, ilmiy maqolalar,
darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bildirilayotgan fikrlar, O‘zbekistonda Sotsiologiya
ta‘lim tizimini rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan harakatlar hamda bir necha yillardan
buyon bu fanni oliy ta‘lim tizimida o‘qitish tajribasini hisobga olgan holda tuziladi.
Dasturda sotsiologiya fan sifatida shakllanishi, uning tarkibiy tuzilishi, jamiyatni
yaxlit tizim tariqasida taxlil qilish, ijtimoiy hayotda sotsial institutlar roli, deviant xulq
atvor va sotsial nazorat masalalari, jamiyatning sotsial strukturasi va stratifikasion
jarayonlar, sotsial munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalarini ifodalaydigan
mavzular yoritilgan.
Dasturning yakunlovchi qismida empirik sotsiologik tadqiqotlarni olib borishga
bag‘ishlangan mavzu tavsiya qilingan. Bunda empirik sotsiologiyada keng o‘rin olgan
sotsiologik ma‘lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash hamda taxlil qilish uslublariga
ham yetarlicha e‘tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: