Namangan muhandislik pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi sosiologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/234
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#37654
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   234
sosiologiya

 
 


 
 
20 
O‟quv fanining maqsadi va vazifalari 
 
Fanni o‟qitishdan maqsad – talabalarda sotsiologiya fani mazmuni va mohiyati, 
sotsiologiya  mutaxassisligining    jamiyatdagi  o‘rni,  xususiyatlari  va  kelajagi  to‘g‘risida 
tasavvurlarni paydo qilish, ijtimoiy hayot muammolari yechimiga mos keladigan taklif 
va tavsiyalar  mexanizmini ishlab chiqishda mazkur fanning roli haqida bilim, ko‘nikma 
va malalakalarni shakllantirish.  
 
Fannning vazifalari – talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni 
sotsiologik  nuqtai  nazardan  tushuntirish  hamda  fanning  dolzarb  masalalarini 
yechishning  uslub  va  uslubiyotlarini,  sotsiologik  tahlil  va  tavsiyanomlar  yaratishni 
o‘rgatish. 
 
Fan bo‟yicha talabalarning bilim, malaka va ko‟nikmaga qo‟yiladigan 
talablar 
―Sotsiologiya‖  o‘quv  fanini  o‘zlashtirish  jarayonida    amalga  oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr: 
-  jamiyatni  yaxlit  ijtimoiy  tizimligi,  shaxs  va  jamiyat  munosabatlari,  ijtimoiy 
xodisalar  va  muammolarga  sotsiologik  yondoshish,  ijtimoiy  taraqqiyotning  asosiy 
omillari,  ijtimoiy  hayot  faoliyatini  muvofiqlashtiridigan  sotsial  institutlar  faoliyatini 
tahlil qilishni bilishi kerak; 
- talaba sotsiologiya fanini mustaqil ijtimoiy fan sifatida shakllanishining tarixiy-
siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-falsafiy  asoslarini;  sotsiologiya  fani  ob‘ekti  va  predmeti, 
uning  strukturasi  va  fanlar  tizimidagi  o‘rnini;  Sharq  va  G‘arb  mutafakkirlarining 
sotsiologik  ta‘limotlari  muzmunini;  ijtimoiy  taraqqiyot  va  uning  asosiy  shakllarini; 
ijtimoiy  hayotda  milliy  g‘oya  va  mafkuraning  sotsiologik  ahamiyatini,  shaxs 
ijtimoiylashuvi  omillarini;  jamiyatning  sotsial  strukturasi  va  uning  o‘zgarib  borish 
xususiyatlarini; ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma‘lum bir qonuniyatlar asosida kechishini; 
jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarning  o‘zaro  boqliqlikda 
ekanligini  yaxlit  idrok  etishni;  jamiyat  rivojining  asosiy  omillarini  tasniflay  olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;   
-  talaba  zamonaviy  jamiyatda  ro‘y  berayotgan  ijtimoiy  siyosiy  xodislalarni  turli 
tasniflay  olishi;  turli  ijtimoiy-madaniy  xususiyatda  kechayotgan  xodisalarni  xolis 
qiyosiy  taqqoslay  olish,  zamonaviy  jamiyatdagi  mavjud  ijtimoiy  muammolardan 
ustuvorlarini  aniqlash  va  ularni  ob‘ektiv  taxliq  qila  olishi;  muayyan  xodisa  va 
voqealarga  kishilarning  shaxsiy  munosabatlarini  o‘rganishga  qaratilgan  tadqiqotlarda 
ishtirok  etishi;  ijtimoiy  siyosiy  va  ma‘naviy  soxalarda  o‘tkazilgan  amaliy  sotsiologik 
tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin