Namangan muhandislik qurilish instituti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə18/54
tarix31.07.2023
ölçüsü5,27 Mb.
#138107
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Иссиклик техникаси УМК yangisi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.
13-ma’ruza: Bug’ bilan ishlov beri rejimi.
Reja:
1. Issiqlik-namlik bilan ishlov berish.
2. Bug’ yordamida qotishni tezlashtirish.
3. Bug’ bilan ishlov berish.
Tayanch so’zlar: Issiqlik-namlik, Bug’, Normal atmosfera.
Issiqlik-namlik bilan ishlov berish usullari bug’lash jarayoni ba’zi bosqichlarining uzunligi va izotermik qizitish harorati bilan xarakterlanadi. Betonga issiqlik-namlik bilan ishlov berish uning qurilish-texnik xususiyatlari, tsement va issiqlik quvvati sarfi bilan bevosita bog’liqdir. Umumiy bug’lash tsikli 4 davrga bo’linadi: dastlabki bosqich – buyumga shakl berilgandan boshlab kameradagi harorat osha boshlagan vaqtga qadar; kameradagi harorat oshgan vaqt; izotermik qizitish – belgilangan eng yuqori haroratda ushlab turiladigan vaqt; sovutish davri – kameradagi haroratning pasayish vaqti. Qotish rejimi alohida davrlarning umumiy saotdagi miqdorini bildiradi. Bug’lash rejimi ma’lum cheklovlardan kelib chiqqan holda talab etilgan kriteriyaga qarab belgilanadi. Bunday kriteriya xarajatlarning kam bo’lishi, mahsulot tannarxini kamaytirish, tsement sarfining kam bo’lishi va hokozo bo’lishi mumkin. Bug’lash vaqtida keltirilgan xarajatlarning eng kam miqdoriga bug’lash boshlangandan so’ng tahminan 6-8 soatdan so’ng erishiladi. Biroq bunda tsement sarfi oshadi (4.1-rasm). Misol uchun, kassetalarda M 400 betondan ishlangan buyumni bug’lash vaqti 10 soatdan 6 soatga kamaytirilganda 400 markali portlandtsement sarfi 30%, 500 markali tsementniki esa 26 % oshgan.

4.2-rasm. S/TS=0,45 bo’lgan beton mustahkamligining izotermik ishlov
berish vaqtiga qarab o’zgarishi (rejim: 2+3+5+2 soat, 80°S)
1 – oddiy tezqotuvchi portlandtsement; 2 – 400 markali oddiy
portlandtsement; 3–400 markali SHPTS (shlakoportlandtsement); 4 –
300markali oddiy SHPTS

4.3-rasm. Portlandtsement asosidagi beton mustahkamligini oshib
borishi
a-t=100°S; b-t=80°S; b-t=60ºC
1 –beton qorishmasining bikirligi 100 s; 2 – shuning o’zi, 30-60 s; 3 –
konusning cho’kishi 3 sm
Issiq bilan ishlov berishdan oldin buyumni ma’lum vaqt davomida
ushlab turish betonga issiqni qabul qilish imkonini beradigan zarur
strukturani hosil qiladi. Dastlabki ushlab turish vaqtining qancha bo’lishi
betonni dastlabki qotish tezligiga ta’sir qiluvchi barcha omillarga bog’liq
bo’ladi. Betonning dastlabki qotish tempi qancha yuqori bo’lsa uni dastlabki
ushlab turish vaqti ham shunchalik kam bo’lishi mumkin. Bu vaqt 1-2 soatdan
4-8 soatgacha bo’ladi. Qotishni tezlashtiruvchilar qo’shilganda dastlabki ushlab turish vaqtini ham kamaytirish mumkin. Kamerada haroratni oshirish tezligi doimiy va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda haroratning ko’tarilish soatiga 30 darajadan, ikkinchi holatda esa soatiga 20 darajadan oshiq bo’lmasligi kerak. Ba’zi holatlarda betonni dastlabki ushlab turish maqsadga muvofiq bo’lmaydi yoki uni amalga oshirish qiyin bo’ladi va u haroratli-cho’kish darzlarini hosil qiladi. Bunday sharoitda harorat sekin asta oshib boradigan rejimlar qo’llaniladi. Bunday rejimning mohiyati shundaki, beton mustahkamligi oshib borishi bilan harorat ham oshiriladi. Masalan, birinchi soatda – 10 daraja/saot, ikkinchi soatda - 15 daraja/soat va hokozo.
Betonni dastlabki mustahkamligiga qarab haroratni oshirish tezligi



6-jadvalda betonning siqilgan vaqtdagi dastlabki mustahkamligiga qarab kamerada haroratni ko’tarib borish tezligi ko’rsatilgan. Har qanday holatda ham haroratni soatiga 60°S dan oshirish tavsiya etilmaydi. Haroratni sekin asta yoki bosqichma-bosqich ko’tarib borish rejimi tsement sarfini ko’paytirmasdan beton qotishini 2-3 soatga kamaytirish imkonini beradi va bu holat buyum tannarxini tushiradi. Monolit konstruktsiyalarni ishlatish keng tarqalgan sharoitda beton qorishmalarini dastlab elektr bilan qizitish usuli keng tarqalmoqda. Zavod sharoitidagi ishlab chiqarishda bug’ bilan qizdirish ko’proq qo’llaniladi.
Dastlabki qizdirish issiqlik bilan ishlov berish tsiklini 2- 3 soatga kamaytiradi. Yirik panelli qurilish sharoitida qizdirilgan qorishmani ishlatish qoliplarga ishlatiladigan metallni 2-3kg/m3 kamaytiradi va buyum tannarxini kamaytiradi. Beton qorishmasi odatda 85-95°S qizdiraladi. Qorishma harorati 60-65°S bo’lganda betonning qotish tezligi keskin kamayadi. Biroq beton qorishmasini qizdirish energiya quvvat manbaini oshirish va betonni aralashtiruvchi moslama konstruktsiyasini murakkablashtirishni talab etadi. Harorat o’sishi bilan beton qorishmasini tashish va qoliplarga solish vaqtida uning harorati tushishi tezlashadi.
SHuning uchun ba’zi holatda qorishmani past haroratda qizdirish tavsiya etiladi. Beton mustahkamligi intensiv oshib boradigan issiqlik namlik bilan ishlov berish jarayonining asosiy bosqichi izotermik qizdirish hisoblanadi (4 va 5-rasmlar). 7-jadvalda issiqlik-namlik bilan ishlov berish vaqti, beton markasi va nazorat namunalarini sinab ko’rib muddatiga qarab 400-500 markali portlandtsement va shlakoportlandtsementli og’ir beton mustahkamligining oshib borishi ko’rsatilgan. Kamerada issiqlik yaxshi izolyatsiyalangan sharoitda 2-4 soat ushlab turilgandan so’ng bug’ jo’natishni to’xtatish mumkin va bunda kameradagi haroratning tushishi soatiga 4-6°S dan oshmaydi. Issiqlik bilan ishlov berishni qisqartirish va tsement sarfini kamaytirish uchun kamerada ortiqcha bosim bo’lishi va havo nisbiy namligining oshib borishi yaxshi ta’sir qiladi.

Issiqlik-namlik bilan ishlov berilgan og’ir beton mustahkamligining


oshishi



Sovuqqa chidamliligi yuqori bo’lishi talab etilgan buyumlarga bug’lashni yumshoqroq rejimi tavsiya etiladi: dastlab ushlab turish 5-8 soat, kamerada haroratning oshishi esa soatiga 10-15 °S dan oshiq bo’lmasligi kerak; maksimal mustahkamlikka yetgunga qadar izotermik tutib turish 80°S oshmasligi lozim; haroratni tartibga solingan holda buyum yuzasi suv bilan sovutib turiladi.
Dastlabki kuchlanish yo’qolishining oldini olish uchun harorat o’zgarishi va izotermik qizitishning maksimal harorati har biri uchun 65 va 80°S dan oshmasligi va beton issiqlik bilan ishlov berilishdan oldin 02,-0,6 MPa mustahkamlikka yetgunga qadar ushlab turilishi kerak. Qisish kuchini uzatish vaqtida betonni sovutish meyori 7-jadvalda keltirilgandan oshmasligi kerak.

Siquvchi kuchni uzatish vaqtida betonni sovutish chegarasi



LH – armaturani qizdiriladigan qismining uzunligi; LY – stend tirkagichlari orasidagi armaturaning umumiy uzunligi Konstruktsion issiqni saqlovchi yengil beton buyumlarga ishlov berilganda rejimga qo’shimcha talab qilib, oldindan belgilangan jo’natish namligini ta’minlash qo’yiladi. SHu maqsadda isitish turli isitgichlar asosidagi kameralarda, harorat 125-150 °S bo’lgan sharoitda amalga oshiriladi. Issiqlik bilan ishlov berishning bug’siz usullari bug’lashdagiga nisbatan namlikni 2 marta kamaytiradi.
Mustahkamligi yuqori bo’lgan yengil betonlar uchun, jo’natishda namlik talablari qo’yilmagani uchun, quruq rejimlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Issiqni saqlovchi yengil betonlarga issiqlik bilan ishlov berish rejimi belgilanganda talab etilgan markadagi beton bilan yengil to’ldiruvchi mustahkamligi o’rtasidagi nisbatni hisobga olish kerak bo’ladi. G’ovak to’diruvchining mustahkamligi qancha yuqori va uning betondagi ulushi qancha kam bo’lsa yengil betonning qotishdagi mustahkamligini oshish tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Belgilangan mustahkamlikka erishish uchun yengil beton og’ir betondan ko’ra kamroq vaqt issiq bilan ishlanadi.
Nazorat savollar:
1.Bug’ bilan betonni kotirish xaqida gapirib bering.
2.Bug’ bilan ishlov berish vaqtlarini aytib bering.
3.Bo’g’ bilan ishlov berish qanday o’tadi.
4.Issiqlik-namlik bilan ishlov berish usullari.

Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin