Issiklik kurilmalari, material va issiklik balanslari
Issiklik va massa almashinuv asoslari to’g’risida tushuncha
Kurilishda va issik nam ishlov berishda tashqi issiq va massa almashinuvi
Issiqlik almashinuvi nazariyasi orqali issiqlikning almashinuvi va issiqlikning uzatilishi o’rganiladi.
Mexanik ish bajarmasdan jismlar bilan atrofdagi muhit orasida ichki energiyaning almashishiga issiqlik almashinuvi deb ataladi. Issiqlik almashinish xodisalari asosan uch xil yo’l bilan amalga oshadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik
Issiqlik o’tkazuvchanlik deb, modda molekulalari va boshqa zarralarning tartibsiz (xaotik) harakati sababli moddaning bir qismidan ikkinchi qismiga ichki energiyaning uza- tilishi jarayoniga aytiladi.
Konvektsiyadeb,notekis isitilgan suyuqlik yoki gaz qatlamlarining og’irlik kuchi ta’sirida siljishi sababli sodir bo’ladigan issiqlik almashinuv jarayoniga aytiladi. Ma- salan: binolarni isituvchi sistemalarda issiqlik tashuvchining harakati.
Nurlanish deb, jismlar ichki energiyasining nur chiqarish yo’li bilan uzatish jarayo- niga aytiladi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan issiqlik almashinishi asosan qattiq jismlarda uchraydi.
Konvektsiya - issiqlik almashinishi hamma vaqt issiqlik o’tkazuvchanlik bilan birga sodir bo’lganda bunday issiqlik almashinuviga konvektiv issiqlik almashish deb ataladi.
Konvektiv issiqlik almashinuvi ikki xilda bo’ladi:
A) Majburiy (sun’iy) B) Erkin (tabiiy)
Agarda ishchi jismlarda issiqlik almashinishi majburiy ravishda (nasoslar, venti- lyatorlar, kompresorlar yordamida) sodir etilsa, bunday issiqlik almashishiga majburiy issiqlik almashish deb aytiladi.
Agarda issiqlik almashish moddalar isitilganda zichligi farqiga qarab almashsa, bunday issiqlik almashishga erkin issiqlik almashish deb aytiladi.
Nurlanishda issiqlik almashuvi uch pog’onada sodir bo’ladi. Jism ichki energiyasining elektoromagnit to’lqinga aylanishi, elektoromagnit to’lqinlarining atrof muhitga tarqalishi, nurlanish energiyasining jismga yutilishi.
Issiqlik almashinuvi uch turining birga sodir bo’lishiga qiyin holatdagi issiqlik almashishi deb ataladi.
Issiqlik almashishi jarayoni jismlar ichki haroratining taksimlanishiga bog’liqdir. SHuning uchun issiqlik almashishni o’rganishda haroratlar maydoni va haroratlar chearasi tushunchasiga ega bo’lishimiz kerak.