Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Namangan tuman Xalq ta’limi boʻlimiga qarashli



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#93538
1   2   3   4
matematika dars ish 4 sinf

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.

IPT
“Savatchani to‘ldir” o‘yini.
O‘quvchilar tartib bilan chiqib mevalar shakliga yozilgan sonlarni rim raqamlarida ifodalab savatchaga soladilar.

5090

241

10001

42940

421

Raqamlarni to‘g‘ri yozgan o‘quvchilarga ball qo‘yib reyting oynasiga belgilab yozib qo‘yiladi.


III. Yangi mavzu bayoni.


Matematik diktant o‘tkaziladi.
1 sutka necha soatga teng? (24 soat)
45 soatni sutka va soatda ifodalang. (1 sutka 21 soat)
8 soat sutkaning necha qismiga teng? (3 dan 1 qismiga)

Darslikdagi qoida o‘qituvchi tomonidan o‘qitiladi va tushuntiriladi. So‘ng doskadagi abak orqali yangi mavzu mustahkamlanadi va amaliy topshiriqlar o‘tkaziladi.



Mavzu ekran orqali tuhuntiriladi.


Ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish

Uch xonali 328 sonining yozuvida uchta xonani — birlar, o‘nlar, yuzlar xonasini tashkil etuvchi uchta raqam bor. Bu xonalar birlashtiriladi va sinf deb ataladi. Istalgan miqdordagi turli raqamlardan tash­kil topgan sonlarni — to‘rt xonali, besh xo­nali, olti xonali, yetti xonali va h. k. son­larni yozish mumkin.
625 347 soni — olti xonali son.
O‘ngdagi dastlabki uchta raqam birlar sinfini tashkil etadi. Birlar sinfidan keyin minglar sinfi keladi. Minglar sinfida uchta xona bor, bular: bir minglar, o‘n minglar, yuz minglar.
5 raqami beshta minglikni,
2 raqami ikkita o‘n minglikni,
6 raqami oltita yuz minglikni anglatadi.
Hammasi bo‘lib, bu sonda 625 ta minglik, 347 ta biriik bor. Shuning uchun 625 347 sonini bunday o‘qish qabul qilingan: olti yuz yigirma besh ming uch yuz qirq yetti („birik” so‘zi aytilmaydi).
Minglar sinfidan keyin millionlar sinfi keladi. Uning xonalari bunday ataladi: bir millionlar, o‘n millionlar, yuz millionlar.
2-misol. Jadvalni ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga tushuntiriladi.



Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin