Qaysi xonalar birliklari I sinfni, qaysilari II sinfni tahkil etadi? Har bir sinf necha xonadan iboratligi ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarga qayta aloqa o‘rnatiladi va savollar bilan mustahkamlanadi.
3-misolni og‘zaki bajariladi. Har bir qatordan bittadan o‘quvchi savollarga javob beradi.
358 ming;
2) 702 ming;
3) 40 ming;
4) 56 ming sonlarida har bir xonaning nechta birligi bor?
Masala o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish sxemasidan foydalanib muhokama qilinadi.
Javob namunasi: 358 ming sonida 3 ta yuz minglik,
5 ta o‘n minglik
8 ta bir minglik yoki
oltinchi xonaning 3 birligi,
beshinchi xonaning 5 birligi va
to‘rtinchi xonaning 8 birligi bor.
Javob bergan o‘quvchilar baholanib reyting oynasiga qo‘yiladi.
4-masala doskada bajariladi. Bu o‘rinda o‘quv qurollarining qanday saqlanishi haqida tushuncha beriladi.
Do‘konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor?
Masalaning qisqa sharti.
Katakli d. – 200 ta
?
Bir chiziqli d. – ?, 3 marta ko‘p
Yechish:
200x3=600 (ta) bu bir chiziqli d.
600+200=800 (ta) bu hamma daftar
Javob: do‘konda hammasi bo lib 800 ta daftar bor.
Ekranda 3 ta quti beriladi, ularning ustida shartlar beriladi
<1000 1000< <10000 > 10000
Berilgan sonlarni mos qutilarga joylashtirish talab etiladi.
Birinchi qutida 1000 dan kichik bo`lgan sonlar, ikkinchi qutida 1000dan katta va 10000dan kichik bo`lgan sonlar, uchinchi qutida 10000 dan katta bo`lgan sonlar.