Darsning maqsadi:
a)ta’limiy:o’quvchilarning ergashgan qo’shma gap haqidagi bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirish;
b)tarbiyaviy:o’quvchilarda o’zaro hurmat,do’stlik,mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirib borish;
d)rivojlantiruvchi: o’z fikrlarini erkin va mustaqil bayon etish malakalarini shakllantirish
Darsturi:Yangi bilimlar berish
Darsda foydalaniladigan usullar:blits so’rov, klaster,aqliy hujum,T-jadval,Venn diagrammasi
Darsda foydalaniladigan jihozlar:darslik,proyektor,slaydlar, tarqatmalar
Darsning texnologik xaritasi .
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3-daqiqa
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash , mustahkamlash
|
10-daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu (5 daqiqasi videodars)
|
15-daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10-daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va faol qatnashgan o`quvchilarni baholash
|
5-daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2-daqiqa
|
|
|
|
Darsning borishi:
Dastlab o’quvchilar uch guruhga bo’linib, ular nomlanadi.
1-guruh ‘‘So’z’’ guruhi
2-guruh ‘‘So’zbirikmasi’’ guruhi
3-guruh ‘‘Gap’’ guruhi
Har bir guruh o’z nomlari bo’yicha tushuncha beradilar,ya’ni 1-guruh so’z haqida,2-guruh so’z birikmasi haqida,3-guruh esa gap haqida ma’lumot beradilar.
Shundan so’ng har bir guruhdan bir o’quvchi doskaga chiqarilib,ularga blitss avollar beriladi:
1-guruhga:
1.Gap tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
2.So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsa nima deyiladi?
3.Gapning qaysi bo’laklari uyushib keladi?
4.Zidlov bog’lovchilar qaysilar?
5.Qo’shma gap turlari?
2-guruhga:
1.Qo’shma gap qismlari bir-biri bilan grammatik jihatdan bog’lanadimi yoki mazmunan?
2.Bo’lsa,esa sozlari qo’shma gapning qaysi turida boladi?
3.-u,-yu,-da qaysi yordamchi so’z turkumi?
4.Zidlov bog’lovchisidan oldin qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
5.Gapning grammatik asosiqaysi?
3-guruhga:
1.Bugungi kunda yer yuzida qancha til bor?
2.Turkman tili qaysi tillar guruhiga kiradi?
3.Gap bo’laklari qaysilar?
4.Vatan tinch-sen tinch.Qaysi vosita orqali qo’shma gap qismlari bog’langan?
5.Qaysi ayiruv bog’lovchisi yakka va takror holda ham ishlatiladi?
Guruhlar tomonidan tuzilgan birikmalar va gaplar mazmuni,grammatik jihatdan bog’lanishiga ko’ra tekshirilib,rag’bat kartochkalari ulashiladi.
Uyga vazifa sifatida berilgan 83-mashq,ya’ni o’zingiz sevgan badiiy asardan
5 ta qo’shma gap toping topshirig’i tekshirilib baholanadi
YANGI MAVZU BAYONI:
O’qituvchi yangi mavzuni Venn diagrammasi o’quvchilarga,ya’ni guruhlarga to’ldirgizishdan boshlaydi.Guruhlardan bittadan o’quvchi chiqib jadvalni to’ldiradilar.Oqituvchi ‘‘Bahor” mavzusi bo’yicha birikmalar va gaplar tuzishni topshiriq qilib beradi.
Shundan so’ng ‘‘Bilib oling” slaydlari namoyish etiladi.
Qismlari ergashtiruvch ibog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi.
|
Dostları ilə paylaş: |