2) butun bir bosh gapni izohlovchi ergash gaplar. Masalan: Dunyoda shunday odamlar bo‘ladiki, ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun... yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi. (O.Yoqubov.) Kechasi shudring tushmagan bo‘lsa ham, daraxt yaproqlari nam va muzdek edi. (O.Yoqubov.) Birinchi gap tarkibidagi ergash gap (ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun... yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi)bosh gapdagi aniqlovchi (shunday) ni izohlagan bo‘lsa, ikkinchi gap tarkibidagi (kechasi shudring tushmagan bo‘lsa ham) ergash gapni bosh gapni to‘siqsizlik munosabati orqali butun holda izohlagan.
Bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega ergash gaplar, kesim ergash gaplar, aniqlovchi ergash gaplar, to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
Bosh gapni butun holda izohlovchi ergash gaplarga payt ergash gaplar, o‘rin ergash gaplar, sabab ergash gaplar, maqsad ergash gaplar, shart ergash gaplar, to‘siqsiz ergash gaplar, ravish ergash gaplar, miqdor-daraja ergash gaplar, o‘xshatish ergash gaplar, natija ergash gaplar kiradi.
Mavzuni mustahkamlashmaqsadida ikki daqiqa ichida kim mazmunli gap tuzish topshirig’I beriladi.Topshiriqlar baholanib,rag’batlantirilib boriladi.
Shundan so’ng ‘‘Fikrlar testi’’o’tkaziladi.
Unda o’quvchilarga bugungi mavzu yuzasidan savollar beriladi.O’quvchilar bu savollarga ‘‘ha” yoki ‘‘yo’q”deb javob beradilar.
1.Gap uchun ohang muhimmi? (Ha)
2.Ergash gapning o’rni doimiy belgilanganmi?(Yo’q)
3.Bosh gap ergash gapdan oldin kelishi mumkinmi?(Ha)
4.Ergash gap bosh gapga doimo tobemi?(Ha)
5.Ergash gap tarkibida zidlov bog’lovchisi kela oladimi?(Yo’q)
6.Va bog’lovchisi ergash gapni bog’lay oladimi?(Yo’q)
7.Deb so’zi ergash gapni bog’lay oladimi?(Ha)
Javoblar ragbat kartochkalari orqali baholanadi. Baholash va rag’batlantirish. Guruhlar ballari hisoblanib,g’olib guruh aniqlanadi.Golib jamoa sardoriga sovg’a sifatida O’tkirHoshimovning
‘‘Daftar hoshiyasidagi bitiklar’’asari taqdim qilinadi.O’quvchilar javoblariga ko’ra baholanadi.
Uyga vazifa berish.O’quvchilarga darslikdan mashq bajarish vazifa qilib beriladi, iqtidorli o’quvchilarga esa O’tkir Hoshimovning ‘‘Daftar hoshiyasidagi bitiklar’’ asaridan ergashgan qo’shma gaplarga misollar topib kelish topshirig’i beriladi
Foydalanilgan adabiyotlar. M.Hamroyev, D.Muhammedova va boshqalar. Ona tili. Toshkent, 2007.
Nargiza Erkabayeva Ma’ruzalar to’plami. Ona tilidan. Toshkent 2019.
Nilufar Rasulova Ma’ruzalar to’plami. Ona tilidan. Toshkent 2019.