Namangan viloyati


ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILAR



Yüklə 230 Kb.
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü230 Kb.
#103943
1   2   3   4   5
02e386804e305ee03907c3a9ec0cc593 Ergashgan qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot

1. ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILAR
2. KO’MAKCHILI QURILMALAR
3. -SA SHART MAYLI QO’SHIMCHASI
4. -KI YUKLAMASI
5. DEB SO’ZI
6. NISBIY SO’ZLAR
E rgashgan qo’shma gapda doimo ergash gap bosh gapga tobe munosabatda bo’ladi.
Ergash gap bilan, bosh gap esa bilan belgilanadi. Egashgan qo’shma gaplarga misollar:
1.Agar yaxshi o’qisang ,albatta talaba bo’lasan.(agar shart bog’lovchisi,-sa shart mayli)
2.Yozi bilan mehnat qildik,shuning uchun mo’l-hosil oldik.(shuning uchun ko’makchili qurilmasi)
3.U kelsa,men ketaman.(-sa shart mayli)
4.Shunday yashaginki, barcha senga havas qilsin.(-ki yuklamasi)
5.Qayerda ahillik bo’lsa, u yerda Baraka bo’ladi.(nisbiy so’zlar)
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarning biri ikkinchisiga mazmunan, grammatik va ohang jihatdan tobe bo‘lib, uni aniqlash, to‘ldirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ham qismlardan biri hokim, ikkinchisi tobe sanaladi. Bunda ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi hokim qism bosh gap, tobelanib kelgan qism esa ergash gap deb yuritiladi. Ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlash, aniqlash to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Masalan: Gar kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o‘rgatolmas hech bir muallim (Rudakiy). gapida Unga o‘rgatolmas hech bir muallim - bosh gap, gar kishi olmasa hayotdan ta’lim - ergash gap. Ergash gap bosh gapni shart munosabatiga ko‘ra izohlagan.
Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar, asosan, ergash gapning kesimi tarkibida keladi yoki undan so‘ng qo‘shiladi. Masalan: O‘z darajangga munosib o‘ringa bilib o‘tirsang, bu o‘rindan seni hech kim qo‘zg‘atolmaydi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur) gapida ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita (-sa) ergash gapning kesimi tarkibida kelgan.
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, chunki, negaki, toki, go‘yo, -ki) yordamida: Shunday odamlar bo‘ladiki, ularni mansab ham, daraja ham, shon-shuhrat ham o‘zgartirmaydi. (H.G‘ulom.) Nafas olmay quloq tutgan kishi muttasil shovullagan tovush eshitadi, go‘yo olisda shivalab yomg‘ir yog‘ayotgandek. (S.Ahmad.)

Yüklə 230 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin