Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Nima uchun axloqiy qoidalarga rioya qilish muhim?
2. Teatr va kinoteatrlarda inson o‘zini qanday tutishi kerak?
3. Jamoat transportida qanday axloqiy qoida larga amal qilish zarur?
4.Dam olishni tashkil etishning qanday xavfi jihatlari bo’lishi mumkin?
5. Tabiat qo‘ynida va ochiq suv havzalarida dam olish vaqtida inson o‘zini qanday tutishi kerak?
Diqqat bilan o‘qing
Xalqimiz madaniyati avloddan avlodga o‘tib kelayotgan asriy an’ana lar natijasidir. Shunday an’analardan biri muno sib tarzda o‘zini tutish va atrof-muhitga hurmat bilan munosa batda bo‘lishdir. Inson atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo‘lish uchun axloqiy qoidalarni nafaqat bilishi, balki ularga amal qilishi ham zarur. Bunday ijobiy axloqiy qoidalarni bilgan inson noqu lay holatga tushmaydi, beodob yoki tarbiyasiz bo‘lib ko‘rinmaydi.
Axloq – “xulq” so‘zining ko‘pligi bo‘lib, kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xattiharakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmuyi.
Axloq “irodaning odati” deb ham ta’rif qilingan, ya’ni iroda o‘ziga bir narsani odat qilib olsa, o‘sha axloqqa aylangan bo‘ladi.
Odob-axloq – inson ziynati. Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon- e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Adabning mevasi katta aqldir, bilimning mevasi yaxshi amaldir.
Dostları ilə paylaş: |