Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sana



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə42/48
tarix03.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124328
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
5-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Ma’naviyat xazinasidan
Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shavkat Mirziyoyev
Diqqat bilan o‘qing
Mamlakatimizda juda ko‘p noyob tarixiy obidalar va nodir me’morchilik yodgorliklarining ajoyib namunalari mavjud. O‘zbekistonni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzda saqlanib qolgan saroylar, maqbaralar hamda masjidlar, minoralar va boshqa tarixiy obidalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu biz qadrlaydigan, seva digan va asrashimiz shart bo‘lgan madaniy merosimizdir.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 49-modda.
Mulohaza uchun
1972-yilda UNESKO «Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida” Konvensiya qabul qilgan hamda butun jahon merosi ro‘yxatini shakllantirishni boshlagan. 2019-yil holatiga ko’ra, jahon merosi ro’yxatiga 1121 ta obyekt kiritilgan bo‘lib, ularning 869 tasi madaniy, 213 tasi tabiiy, 39 tasi esa jahon mamlakatlarining aralash merosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bu ro‘yxatga Vatanimizning to‘rtta moddiy va bitta tabiiy obyekti – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahri sabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chatqol qo‘riqxonasi kiradi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Registon maydoni haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Registon maydoni qanday voqealar xotirasini o‘zida saqlaydi?
3. Nima uchun mazkur yodgorlik turli mamlakatlarning ko‘plab sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi?
4. Registon maydoni davlatimiz uchun qanday ahamiyatga ega?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin