Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sana


Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usuli



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə44/48
tarix03.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124328
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
5-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Hurmat nima va u ota-onaga, yaqinlarga nisbatan qanday namoyon bo‘ladi?
2. Oilada o‘zaro hurmatni shakllantirishda madaniy an’analarning o‘rni qanday?
3. Mustahkam oilaviy munosabatlarni saqlash nima uchun muhim?
IBRAT
Nilufar tushga yaqin maktabdan qaytgach onasi Farida opa tayyorlagan tushlikni chala-chulpa tanovul qilib, likopchada turgan yumshoqqina ikkita shaftolining birini ishtaha bilan yedi, so‘ng darvoza sari yurdi.
- Shu issiqda qayoqqa yo’l olding? - Qizining ortidan chaqirdi Farida opa.
– Shohidanikiga...
- Darsingni tayyorlasang bo’lmaydimi?
- Kharchadim. Biroz o’ynab kelay...
Shohidalarning uyi Nilufarlarnikidan uch uy narida edi.
– Shohi... – dedi Nilufar qiya ochiq darvozadan ichkariga mo’ralab.
– Kiraver... – idish-tovoq yuvayotgan Shohida dugonasini ichkariga chorladi.
– Namuncha, shuncha idish-tovoq?
– Uyimizga mehmonlar kelgandi. Oyimga yordamlashayapman, –dedi Shohida chinni likopchalarni birma-bir chayib taxlar ekan.
- Hozir, ishlarimni qilib olay. Sen ungacha dam olib tur, xo’pmi?
Nilufar stulga o’tirdi. Ammo negadir o’ng’aysizlandi, o’rnidan turib piyolalarni chayishga ko’maklasha boshladi. Shohidaning chinnilarni chaqqonlik bilan chayib olayotgani Nilufarning havasini keltirdi. Shohida uyimizga borib qolsa rosa sharmanda bo’larkanman-da, deb o’yladi.
...Shu kuni kechki ovqatdan so’ng, Farida opa istamaygina kosa-piyolalarni yuvish uchun turdi. Nilufar esa chaqqonlik bilan so’ridan tushdi-da, onasining qo’lidan idishlarni oldi.
- Endi men katta qiz bo’ldim, oyijon, - dedi Nilufar ishonch bilan. - Bularni o’zim yuvaman.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin