TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish. FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Moddiy-madaniy meros nima?
2. O‘zbekiston va jahondagi madaniy meroslarning saqlab qolinishida qanday xalqaro tashkilotlar ishtirok etadi?
Mulohaza uchun
Bugungi kunda mamlakatimizning ko‘pgina yodgorlik lari qayta ta’mirlandi. Davlat Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklarini ta’mirlash va obod qilish uchun katta kuch va mablag’ni srflamoqda, shuningdek, mamlakatning muhim madaniy qadriyatlarini saq lash va vayron bo‘lishining oldini olish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Diqqat bilan o‘qing
Registon ansambli – Samarqandning Registon maydonida joylashgan uch madrasa (ulug’bek madrasasi, Tillakori madrasasi, Sherdor madrasasi)dan iborat me’moriy majmua. Registon ansambli o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorligi hisoblanadi. Registon ansambli 2001-yilda UNESKOning butun dunyo yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. «Registon» so’zi «qumloq joy» degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda hamma katta shaharlarning markaz lari “Registon” deb atalgan. Shu nomdagi maydonlar Buxoro,
Shahrisabz va Toshkentda ham bo‘lgan. Samarqanddagi maydon esa O‘rta Osiyodagi eng mahobatli maydonlardan biri bo‘lib, unda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Har yili yurtimizga Registonni ko‘rish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Dostları ilə paylaş: |