Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Xotira nima?
2. Nega qadriyatlar muqaddas sanaladi?
3. Nega Xotira va qadrlash kuni yurtimiz bo‘ylab nishonlanadi?
4. Nega ba’zi shaxslar xotirada abadiy saqlanib qoladi?
Diqqat bilan o‘qing
Asrlar davomida turfa voqealar sodir bo‘ladi, turli xil insonlar yashab o‘tadi. Ular haqidagi ma’lumotlar esa xotiramizda qoladi. Ko‘chalar, maydonlar, shahar-u qishloqlar ularning nomi bilan ataladi.
Xalq xotirasi – bu avloddan avlodga o‘tuvchi qadriyatlardir. Qadriyat va an’analarda xalqning ma’naviy merosi saqlanadi. Vaqt o‘tgani sayin ularning mazmun-mohiyati xotiramizga ko‘chadi, lekin ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Rivoyat
Bir bola daraxt ekayotgan boboni ko‘rib qolib, u kishidan so‘rabdi:
– Bobo, bu daraxt o‘sib, meva berishi uchun necha yil kerak bo‘ladi?
Bobo javob beribdi:
– Bu daraxt faqat o‘n besh yildan keyingina meva beradi.
Bola yana so‘rabdi:
– Siz u vaqtgacha yashashingiz uchun o‘zingizni sog‘lom va kuchli his qilyapsizmi?
Bobo javob beribdi:
– Hayotim davomida men bobom tomonidan ekilgan daraxtlarning ko’plab mevalaridan bahramand bo’lganman. Endi men ham nevara larimga atab daraxt ekyapman.
Mulohaza uchun
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik taraqqiyot garovidir. 9-mayni Xotira va
qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Xotira va qadrlash kunini nishon lashdan ko‘zlangan bosh maqsad – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, tinch-osoyishta yashayotganimizga shukrona qilishdan iborat. Bu har qanday kishini yashashga, yaratishga, el-u yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi. Zero, xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.
Dostları ilə paylaş: |