Ulug’bek Mustafo Diqqat bilan o‘qing Urf-odatlarimizdan biri bo‘lgan hashar asrlar davomida mamlakatimiz madaniyatining tarkibiy qismiga aylangan. Hashar bu shunchaki ommaviy tozalash ishi bo‘lmay, balki bu oilada avloddan avlodga yetkaziladigan xalq an’analarini hurmat qilish hamdir. Har yili Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli hashar bo‘lib o‘tadi. 21- mart kuni butun dunyo bo‘ylab ushbu bayram nishon lanadi, chunki 2010- yilda bu kun BMT tomonidan Xalqaro Nav ro‘z kuni sifatida tasdiqlangan va 2016- yilda esa ushbu bayram UNESKOning nomoddiy meroslari ro’yxatiga kiritilgan.
Navro‘z bayramini mazali taomlar va milliy o‘yinlar bilan nishonlash odat tusiga kirgan. Navro‘z kunlarida tabiat jonlanadi, daraxtlar gullaydi, odamlar qishki kiyimlardan voz kechishadi, yerdan ko‘katlar o‘sib chiqadi va bu dori-darmonlarga boy o‘t-maysalardan taomlar tayyorlana boshlanadi.
Navro‘z – necha asrlardan buyon nishonlanib kelinayotgan an’ana. Shuning uchun bu kunda Navro‘zning an’anaviy kuy-qo‘shiqlari yangraydi, odamlar raqsga tushib, quvnaydilar, bahor nafasidan zavq qa to‘lib,
bir-birlariga sovg‘alar ulashadilar, nochorlarga yordam beradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Sizning mahallangizda, oilangizda Navro‘z bayrami qanday nishon lanadi?
2. Ushbu kunda qanday taomlar tayyorlanadi?
3. Nima sababdan Sharqda Navro‘z bayramini “Sharq xalqlarining yangi yili ”, deb ataydilar?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
Quyida taklif etilgan topshiriqlardan birini tayyorlang: 1. Oilangiz qadriyatlari to‘g‘risida ota-onangiz bilan suhbat o‘tkazing.
Oilaviy qadriyatlar va an’analar ro‘yxatini tuzing.
2. Mahallangizda, shahringizda qanday milliy an’analar mavjudligi haqida so‘rov o‘tkazing va ularning ro‘yxatini tuzing.