Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sana


His-tuyg‘ularni uchta katta – ijobiy, salbiy va betaraf guruhga ajra tish mumkin



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/48
tarix03.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124328
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
5-SINF TARBIYA KANSPEKTI

His-tuyg‘ularni uchta katta – ijobiy, salbiy va betaraf guruhga ajra tish mumkin:
Ijobiy tuyg‘ular xursandchilik, shodlik, mamnuniyat, ilhomlanish kabi yoqimli tuyg‘ulardir.
Salbiy tuyg‘ular qo‘rquv, jahl, qayg‘u, dushmanlik, aybdorlik, umidsizlik, g‘azablanish, xafagarchilik, nafratlanish kechinmalari kabi kayfyatni tushiruvchi tuyg’ulardir.
Betaraf tuyg‘ular kayfyatga va sog’liqqa ta’sir etmaydi, lekin ular bilishga undaydi hamda ajablanish, hayratlanish, qiziqish, yangi ilmiy kashfyotlarga intilishni yuzaga keltiradi.
Diqqat bilan o‘qing
O’z kechinmalaringiz va boshqalarning kechinmalarini aniqlashni o‘rganib olganingizdan keyin ularni nazorat qilishni bilishingiz kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu qo‘rquv, g‘azab, nafrat, achchiqlanish kabi salbiy tuyg‘ularga taalluqlidir. Nazorat qilinmaydigan salbiy tuyg‘ular sog‘lig‘ingizni yomonlash tiradi, shuningdek, do‘stlar va yaqinlar bilan munosabatlaringizga ziyon yetkazadi
Maslahatlar
Agar siz g‘azablansangiz, achchiqlansangiz, jahlingiz chiqsa yoki vahimaga tushsangiz, quyidagi maslahatlarni o‘qing:
1. O’zingizga ozgina vaqt ajrating. Ovoz chiqarmay, teskari tartibda 10 dan 0 gacha sanang.
2. Burun orqali chuqur nafas olib, og‘iz orqali chiqaring.
3. “Mening jahlim ... sababli chiqyapti”, “Men qo‘rqyapman, chunki ...” deb sabablarni sanab o‘ting.
4. Sizning his-tuyg‘ularingiz – bu o‘zingizning, boshqalarning bajargan amallariga, vaziyatga, hodisalarga nisbatan javobingiz hisoblanadi. Vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘ring. Sizni xursand qiladigan narsa lar, siz yax shi ko‘radigan kishilar haqida eslang. Tabassum qi ling. Yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning, yoqtirgan musiqan gizni tinglang, qiziqarli kitob o‘qing.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Tuyg‘u nima?
2. Sizning his-tuyg‘ularingiz nimaga bog‘liq bo‘ladi?
3. Siz qaysi kechinmalaringizni ko‘proq, qaysi birini kamroq namoyon qilishni istaysiz? Nega?
4. Nima uchun o‘z tuyg‘ularingiz va boshqalarning tuyg‘ularini his qilishni bilishingiz kerak?



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin