Ekologik muammolar – sayyora muammolari – insoniyat muammolari - bizning muammolar. 1-muammo. O’rmonlarni kesish Dunyoda har soniyada futbol maydoniga teng bo‘lgan o‘rmon kesiladi. Yashil o‘rmonlar sayyoramizning nafas oluvchi organi hisoblanadi. Olimlarning fkriga ko‘ra, quyoshli kunda bir gektar o‘rmon 120–280 kg karbonat an gid ridni havodan yutadi va 180–200 kg kislorodni chiqaradi.
2-muammo. Daryolar, dengizlar va okeanlarning ifoslanishi Tinch okeandagi chiqindi dog‘i maydon bo‘yicha Fransiya hududidan uch karra oshdi. Neftni suv bo‘ylab tashishda odam larning mas’uliyatsizligi yoki be parvoligi tufayli neft suvga tushadi va suv yuzasiga katta dog‘ bo‘lib quyi ladi, suvni zaharlaydi, dengiz hamda okeanlar ning hayvonot va o‘simlik dunyosini nobud qiladi.
3-muammo. Ichimlik suvining yetishmasligi Hozirgi kunda yer yuzida ikki milliard odamga to za ichimlik suvi yetishmaydi. 2030-yilga kelib 700 million kishi toza suv yetishmasligi tufayli o‘z yurtla rini tashlab, o’zga yurtlarga ketishlari mumkin. Suvning yetishmasligi, asosan, ushbu tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik sababli yuzaga keladi.
4-muammo. Havoning ifoslanishi Havoning ifoslanishi zavodlar, fabrikalar, issiqlik elektr stansiyalari va yonilg’i sarfaydigan transport vositalarining ishlashi vaqtida atmosferaga turli xil gazlar chiqarilganda sodir bo‘ladi.
5-muammo. Haroratning keskin ko‘tarilishi O‘tgan 100 yil davomida kuzatishlar yerda gi o‘rtacha haro rat asta-sekin o‘sib bora yot ganini ko‘rsatadi. Buning sababi turli gaz lar ning doimiy chiqarilishi tufayli atmosferaning ifoslanishidir. Natijada, yer yuzida iqlim o‘zgaradi, muzliklar eriydi, turli xil o‘simliklar va hayvonlar yo‘qolib boradi.
6-muammo. Muzliklarning erishi Muzliklarning erishi Arktikada oq ayiq lar sonining kamayishi, suv toshqinlari, yaylovlarni suv bosishi, okean oqimlari va umu miy iqlim o‘zgarishiga olib keladi.
7-muammo. O’simlik va hayvon turlarining yo’qolishi Sayyorada har bir daqiqada jonzotlarning bittadan turi yo‘qolib bormoq da. Bunga sabab – iqlim o‘zgarishi, o‘rmon yong‘inlari, dengiz hamda okeanlarning ifoslanishi, mo’yna, teri uchun ov qilish. Barcha holatlar sababchisi inson hi soblanadi.