Namunaviy shakl jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 228,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix12.04.2023
ölçüsü228,56 Kb.
#96845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JBGAwV9dIDlEklprGzCo8v0M5V0Ltmx1Msir1U9qjSRrTW78pkEYe5B8Mt2P2PRo

Bankning javobgarligi: 
8.5. Bank kartasi hisobraqami bo‘yicha noto‘g‘ri yoki xato bajarilgan to‘lovlar uchun, bunda, noto‘g‘ri 
yoki xato bajarilgan to‘lovlarni bekor qilinishi bilan Bankning javobgarligi cheklanadi. 
8.6. Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari bank tomonidan 
buzilgan taqdirda, u foydalanuvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to‘lov 
summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda penya to‘lanadi. 
8.7. Bank quyidagi hollarda javobgarlikdan ozod etiladi: 
- xalqaro va mahalliy to‘lov tizimida, shuningdek, banklararo elektron to‘lov tizimlarida ro‘y berishi 
mumkin bo‘lgan uzilishlarda; 
- uchinchi shaxslar tomonidan Bank kartalariga xizmat ko‘rsatishi rad etilganda; 
- bank kartasi vositasida xarid qilingan tovar, ish (xizmat) sifatiga; 
- foydalanuvchi manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan darajadagi uchinchi shaxslar tomonidan 
bank kartasi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarga o‘rnatilgan limitlar, cheklovlar va boshqa to‘lovlar; 
- foydalanuvchi tomonidan shartnoma shartlari buzilganda yoki foydalanuvchi tomonidan noqonuniy 
harakatlar sodir qilingan holda; 
- bank kartasi egasining ruxsatisiz yoki bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida 
bankka yozma ariza taqdim qilinishidan oldin bank kartasi vositasida bajarilgan operatsiyalar; 
- foydalanuvchi karta malumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor etish natijasida yoki uni ishtirokisiz 
kartadan bank operatsiyalari amalga oshirilsa, ushbu amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha; 
- bank karta foydalanuvchidan ko‘rsatilgan hizmatlari uchun ekvayer tomonidan undirilayotgan 
komission to‘lov miqdori va turi, shuningdek, EKVAYER tomonidan yuborilgan tranzaksiyalarning summasi 
bo‘yicha; 
- Karta saqlovchi, kartadan foydalanish qoidalarini buzgan bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunlariga zid harakatlarni amalga oshirganda; 
- Karta saqlovchi, kartani yoki PAN, CVV/CVC va PIN kodni o‘zining ma’suliyatsizligi natijasida 
yo‘qolishiga yo‘l qo‘yganda; 
- Tranzaksiyalar, Karta saqlovchi tomonidan, bankka, kartani yoki PIN kodni yo‘qolganligi to‘g‘risidagi 
yozma ravishda taqdim etilgan arizadan avval amalga oshirilgan bo‘lsa. 
8.8. Yengib bo‘lmaydigan yong‘in, suv toshqini, zilzila, elektr tarmog‘ining uzilishi/to‘xtatilishi va 
taraflar imkoniyatidan tashqari to‘siqlar (fors-major holatlari) vujudga kelganda hamda shu kabi mavjud 
bo‘lgan boshqa holatlarda taraflar majburiyatlardan qisman yoki to‘liq ozod etiladi. 
8.9. Bunday favqulodda hodisalarga quyidagilar kiradi: suv toshqini, yong‘inlar, zilzila, portlash, 
to‘fonlar, tuproqning cho‘kishi, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy ofatlar, davlat organlarining qarorlari
shuningdek, urushlar yoki urush harakatlari. 
IX. MAXFIYLIK 
9.1. Foydalanuvchi ushbu oferta bo‘yicha axborotni kredit byurosiga va garov reestriga, skoring 
kompaniyasiga, mobil aloqa operatoriga, va zarur bo‘lganda, sug‘urta kompaniyasiga berishga, shuningdek, 
xizmatlarni amalga oshirishga va sifatini yaxshilash maqsadida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish, 
foydalanish va uchinchi shaxsga taqdim etishga rozilik bildiradi. 
9.2. Bank barcha kerakli ma’lumotni ushbu oferta doirasida, o‘z majburiyatlarni bajarish uchun uchinchi 
shaxslarga berish huquqiga ega bo‘ladi. 


9.3. Bank talab qilish huquqidan uchinchi shaxs foydasiga voz kechishi holatida, ushbu oferta bo‘yicha 
barcha ma’lumotni taqdim etishi mumkin. 

Yüklə 228,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin