13.6. Shartnoma muddatining tugashi Foydalanuvchini o‘z majburiyatlarini bajarishdan va shartnoma
shartlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
13.7. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
13.8. Mijoz yoki uning operatsiyasi sanksiya ta’sir doirasiga tushganda yoki tushish xavfi mavjud
bo‘lganda, operatsiyani o‘rganish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rash, operatsiya miqdorini
chegaralash, operatsiyani cheklash (rad etish) yoki amalga oshirayotgan operatsiyalar mijozning anketasidagi
profiliga nomuvofiq bo‘lgan hollarda xizmat ko‘rsatishni rad etish va mijoz bilan shartnomalarni bir
tomonlama bekor qilish huquqlariga ega.
XIV. NIZOLARNI HAL ETISH
14.1. Shartnoma bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va
kelishmovchiliklar imkoni boricha, Taraflar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
14.2. Agar Taraflar kelisha olmasa, nizo Bank yoki uning tarkibiy tuzilmasi joylashgan hududning
tumanlararo fuqarolik sudida hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: