o’ztashkillanish deb aytiladi.
Bu tushunchani nemis olimi German Xaken kiritgan: “O’ztashkillanish -
ochiq sistemada ko’lab elementlarning – uni tashkil etadiganlarning kelishilgan
o’zarota’sirlashuvi hisobiga tartiblanish jarayonidir”. O’ztashkillanish
boshdagiga nisbatan ancha murakkab bo’lgan strukturaning shakllanishi bilan
bog’liq. Fizika va ximiyada o’ztashkillanish
atom va molekulalarning tartiblanmagan
harakatidan tartiblangan strukturaga 2.13-
rasm. Asalari uyasi (foto).
o’tishini namoyon etadi.
O’ztashkillanuvchi sistemalar haqidagi
fanni sinergetika (yunoncha sinergetike –
hamkorlikdagi faoliyat ) deb ataladi.
Sinergetikaning bosh g’oyasi - tartibsizlik va
xaocdan o’ztashkillanish jarayoni natijasida
tartib va tashkillashuvning spontan holda
paydo bo’lishi mumkinligi g’oyasidir.
Sinergetika metodlaridan amalda
hamma fanlarda: fizika va ximiyadan tortib
to sotsiologiya va filologiyalarda ham
foydalanilgan.
O’ztashkillanish - tabiatniny eng ajablanarli hodisalaridan. Tabiatda
o’ztashkillanuvchi sistemalarning ko’pi ma’lum. Hayvonot olamida, misol sifatida,
asalarilarning oltiburchakli uyalarini qurilishini (2.13-rasm), chumolilarning jamoaviy
harakatlarini v.h.larni keltirish mumkin.
Fazoviy tartiblangan strukturalarga klassik misol bo’lib Benar yacheykalari
(2.14-rasm) hisoblanadi.
1900 yili bu avtorning asalari uyalarini eslatuvchi struktura fotografiyasi bor
maqolasi paydo bo’ldi. Bu struktura pastidan isitiladigan, simob bilan to’ldirilgan
keng yassi idishda paydo bolgan. Simobning qatlamida (yoki boshqa qovushoq
suyuqlik) isitilganda pastki va yuqori sirtni orasida temperatura farqi hosil bo’ladi.
Temperatura farqi biror kritik qiymatga erishganida simob qatlamida bir xil
oltiqirrali prizmalar shakllanganligini kuzatish mumkin. Bunday prizmaning markaziy
qismida pastdan isitilgan suyuqlik yuqoriga ko’tariladi, qirg’oqlar bo’ylab esa
sovugan suyuqlik pastga tushadi.
|