Narx siyosati Reja: Narx tushunchasi va uning mohiyati


Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini



Yüklə 20,95 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,95 Kb.
#40624
1   2   3   4
narx siyosati

2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini

hisoblash uslublari

Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar, odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo‘ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo‘yna va boshqalar.

Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat” xaridori mavjud. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xaridida ko‘pincha kuzatiladi.

Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi.

Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin.

Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.

Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga yetarli darajada sezgirlik ko‘rsatmaydi.

Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir mahsulot o‘rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga tashlanadi. Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks etadi. Shunday qilib, narxlardagi o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko‘tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.

Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo‘lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni hayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Marketologning vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tekshirish, o‘rindosh tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini o‘lchashga intiladi.

Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki kamayishi bilan bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, sharli-doimiy, o‘zgaruvchan turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab o‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk solig‘i (daromad solig‘i), qo‘shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.

O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi, unga xomashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. Shartli-doimiy xarajatlarga boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi.

To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan tashkil topadi, shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlari ham hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan (kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda bermaydi.

Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib chiqiladigan, zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo‘lgan paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’ni na foyda na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi.

Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ng har bir narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi.

Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog‘liq bo‘lgan to‘rt bozor turini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.

Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx bilan bog‘liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.

Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:

1. Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo‘naltirilgan narx)

2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).

3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.

Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:

- narxni belgilash masalasi qo‘yiladi,

- talab aniqlanadi,

- xarajatlar baholanadi,

- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,

- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,

- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.

Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.

Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra narx belgilash narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.

«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.

«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.

Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.

Savdoda do‘konlarga xaridorlar oqimini ko‘paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.


Yüklə 20,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin