3. Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida narxlarning o‘zgaruvchanligi
Bozor tez o‘zgarib boradi va shunga ko‘ra har bir mahsulot ham o‘z yashash davrini ham o‘taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali yetarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning murakkabligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog‘liq. Bu daraja esa uchga bo‘linadi:
- eng yangi mahsulot;
- texnikaviy ilg‘or mahsulot;
- original bo‘lmagan va o‘rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «qaymog‘ini olish» yoki «kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o‘rganadilar. O‘ziga o‘xshash o‘rinbosarlari bo‘lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan sifat va miqdorga qarab o‘zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o‘sishi bosqichidan to‘yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To‘yinish bosqichida narxlarni ko‘tarish, odatda talabning ko‘payishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymati ortishi oqibatidir. Shu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo‘yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko‘paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo‘li qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g‘amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo‘lida qo‘shimcha xarajatlar, xususan, mahsulot sotishni rag‘batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo‘lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining so‘nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o‘z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassisari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p miqdorga yetkaziladi.
Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlash hisoblanadi.
«Qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi qimmat naxlar, ikkinchisi arzon narxlar strategiyasidir.
Dostları ilə paylaş: |