Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi



Yüklə 43,07 Kb.
səhifə2/6
tarix12.06.2023
ölçüsü43,07 Kb.
#128754
1   2   3   4   5   6
Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari

1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ulami muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi - bu muvozanatlashgan narx
bo‘lib, u birinchidan, tovarlaming sotilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.
2. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlami shu holicha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlaming umumiy o‘lchovi ulaming pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovami ishlab chiqarishni kengaytirishni, askincha holatda esa Tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ulaming daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqamvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.

Yüklə 43,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin