Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Narx turlari va ularning mazmuni



Yüklə 43,07 Kb.
səhifə4/6
tarix12.06.2023
ölçüsü43,07 Kb.
#128754
1   2   3   4   5   6
Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari

Narx turlari va ularning mazmuni
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug‘diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ulaming ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narx - ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘Ilaniladigan narx. Ulguiji narx ishlab chiqamvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ulaming ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zamr. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi. Shartnoma narx - sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan
davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar (xizmat) laming jahon narxlariga yaqin turadi .Chakana narx - tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ulaming oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ulaming nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narx - davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx - davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlami hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi. Demping narx - bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U ≪bozorga kirib olish narxi≫ deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi. Nufuzli narx - sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan. foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlami yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori boiadi. Nufuzli narxlami qoilashda tovarlami
ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi. Bozordagi talab, uning o‘zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o‘zgaruvchan narx qo‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ulaming narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari shunday narxlar jumlasiga kiradi. Erkin bozor narxi - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda
erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi. Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx
diapazoni quyi, o‘rta va yuqori narxlami o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng bo‘Isa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro bogianadi.Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliyva xalqaro narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘Iib, u shu hudud doirasidagi omillar

Yüklə 43,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin