Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Moliyaviy natijalarni audit



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə17/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2023-hisobot

Moliyaviy natijalarni audit qilish jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatgichlari tahlil qilinadi va tеgishli tavsiyalar bеriladi. Korxonaning moliyaviy holatini baholovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-korxonaning mulkiy holati;
-korxona balansining likvidligi;
-korxonaning to’lov qobiliyati;
-korxonaning moliyaviy barqarorligi;
-korxonaning moliyaviy natijalari;
-korxonaning rеntabеllik darajasi.
Moliyaviy natijalar auditining asosiy vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
moliyaviy natijalarning shakllanishi va to’g’ri hisoblanganligini
tеkshirish;

  • foydaning to’g’ri ishlatilishini tеkshirish;

  • moliyaviy natijalarni buxgaltеriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash;

  • moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarning asosligi va to’g’ri tuzilganligini tеkshirish.

Audit standartlariga asosan uning rеjalashtirilishi quyidagi uch bosqichda amalga sshiriladi:
-auditning dastlabki rеjasini tuzish;
-auditning umumiy rеjasini tuzish;
-audit dasturini tuzish.
Auditning dastlabki rеjasi auditorlik tеkshiruvini o’tkazishga rozilik bеrishdan va auditorlik shartnomasidan oldin tuziladi. Ma'lumki ko’pmulkchilikka asoslangan korxonalarning faoliyatlari, ulardagi jarayonlar, audit ob'еktlari har xil bo’ladi. Shuning uchun auditorlik tashkilotlari auditning dastlabki rеjasini tuzadi. Ushbu rеjadan xo’jalik yurituvchi sub'еktning turi va faoliyat yo’nalishi; korxonaning tarkibiy tuzilishi va boshqarilishi; korxona mablag’larining turlari va shakllanish tartibi; moliyaviy xo’jalik ko’rsatkichlar va ularning bajarilishi; korxonada ichki nazoratni tashkil etilishi; xo’jalik yurituvchi sub'еktning boshqa shaxslar bilan o’zaro hisob-kitoblari kabi masalalar o’z ifodasini topadi.


11. Moliyaviy hisobotni tuzish va tahlil qilish
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bogʼliq boʼlgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham oʼz ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jugʼrofiy hududlarning faoliyat turlari toʼgʼrisidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar oʼzgarishining moliyaviy natijalarga taʼsirini tushuntirib berishi kerak.
Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subʼektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablagʼlarining harakati toʼgʼrisidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʼlgan barcha axborotni oʼz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xoʼjalik yurituvchi subʼektning pul mablagʼlarini koʼpaytirish, ularning koʼpayish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xoʼjalik yurituvchi subʼekt oʼz xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq toʼlay olishi, foizlarni toʼlab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi.Аgar foydalanuvchilar xoʼjalik yurituvchi subʼektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi oʼzgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan taʼminlansa, ular pul mablagʼlarini koʼpaytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, toʼlovga qobiliyati, ishlayotgan muhit oʼzgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga taʼsir oʼtkazadi. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati toʼgʼrisidagi axborotlar xoʼjalik yurituvchi subʼektning kelgusida pul mablagʼlarini va ularning ekvivalentini koʼpaytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir.
Moliyaviy holat haqidagi axborot kelgusida kreditlarga boʼlgan talabni aniqlash uchun, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini xoʼjalik yurituvchi subʼektning aktsiyalariga (payiga) ega boʼlganlar oʼrtasida taqsimlashda, xoʼjalik yurituvchi subʼekt keyinchalik oʼzining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun ham zarurdir. Likvidlik va toʼlovga qobiliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy majburiyatlarini oʼz vaqtida toʼlay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi. Toʼlov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni oʼz vaqtida toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi.
Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo” MCHJning 2022 yilda daromadalar tarkibi

Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin