modifikatsiyalangan fikr - bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr bildirishni rad etish.
Xulosa Amaliyot o’tash jarayonida nazariy olingan bilimlar amalda qo’llanilishi va amaliyotdagi nazariya bilan bog’liq bo’magan ishlarni o’rganishda amaliyotning hissasi katt bo’ldi. Insoniyat tajribasidan ma’lumki nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash yaxshi samara beradi va olingan bilimlarni uzoq vaqt davomida sedan chiqmasligiga turtki bo’ladi. Amaliyotalgan joydagi hujjatlar bilan tanishish, buxgalteriyaga oid operatsiyalarni amalda qanday qo’llash bo’yicha ko’nikmalarni barchasi amaliyotda olinadi va rivojlantiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti o’tash jarayonida quyidagi ko’nikmalarga va amaliy bilimlarga ega bo’lindi.
Buxgalteriya hujjatlari bilan ishlash;
Buxgalteriya balansini tahlil qilish;
Balans ma’lumotlaridan foydalanib korxonaning moliyaviy holatini aniqlash;
Buxgalteriyada qilinadigan operatsiyalar qay tartida rasmiylashtirish;
Dastlabki va yig’ma hujjatlar bilan ishlash;
Amalga oshirilgan pul o’tkazmalari, berilgan provodkalarni schyotlrda qaytartibda aks ettirish;
Xarajatlar turkumlanishi;
Xo’jalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish;
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichlari.
Buxgalteriya hujjatlari bilan ishlashni har bir buxgalter bilishi lozim, chunki to’g’ri tayyorlangan va yuritilgan hujjatlarda kamchilik bo’lish ehtimoli past, bu esa korxona faoliyatida ijobiy natijalarga erishishda qo’l keladi. Buxgalteriya balansi har bir xo’jalik subyektlarida tuziladi, schyotlardagi summalarni balansda to’g’ri aks ettirish hisob kitobning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. Bu esa korxonaning kelgusi davr uchun reja tuzishda qo’l keladi. Xo‘jalik hisobi beradigan axborotlar xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarini strategig va taktik boshqarish vositasi, o‘tqaziladigan iqtisodiy tahlil va auditning asosiy manbai, nazorat qilish quroli hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchu subyekt qay darajada xo’jalik hisobini yuritmoqda va qanday kamchiliklarga yo’l qo’ymoqda, shu kabi savollarga javob berish maqsadida korxonada tashkil qilingan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari natijasida korxonani tahlil qilib, o’rganib, tekshirib chiqadi. Olingan natijalar asosida auditorlik xulosasi va hisoboti tuziladi. Auditorlik xulosasi korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi haqida ma’lumot beradi. Auditorlik xulosasi ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi.
1 Audit, Darslik. 1 jild. M.M.Tuloxodjayeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshqalar. O’z.R. Oliy va O’rta maxsus t, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Toshkent: NORMA/2020/-320 B.
2 Xalqaro Audit. Akrom Abbosivich Karimov, Zafar Avazmuratovich Muqumov, Mutabar Hamidullaevna Khodjaeva, Anvar Ziyadullaevich Avloqulov.Toshkent- 2019.