9.14 -rasm. Parmalarni tasmalar (/) va kashak bo‘ylab charxlash (II).Kashakni charxiash parmaning metallga kesib kirib borishiga qarshilik qiluvchi o'qiy kuchlarni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi (9.14-rasm, /I).Har bir tishda asosiy kesuvchi tig' uzuniigining kichik qismi va qo‘shni tish orqasining bir qismi charxlanadi. Natijada kashak qisqaradi va shu tarzda o'qiy kuchni taxminan 70% ga kamaytirish mumkin. Parmalashda kesish rejimlarining vazifasi
Kesishning oqilona rejimi teshikka ishlov berishning texnologik sharoitlaridan kelib chiqib, ya'ni talab qilinadigan aniqlik va yuza tozaligini hosil qilishni hisobga olib hamda mazkur teshikka turli asboblar bilan navbatma-navbat ishlov berishni ko'zda tutib aniq- lanadi. U, asosan, kesish jarayonini eng samarali va tejamli tarzda amalga oshirishga imkon beruvchi surish va kesish tezligini aniq- lashdan iborat. Teshikni parmalashda kesish chuqurligi yaxlit materialda t = D/2 mm boiadi. Teshishda kesish chuqurligi ishlov berishga qoldirilgan qo‘yim va texnologik talablarga ko‘ra belgilanadi. Teshikka xomaki ishlov berishda kesish chuqurligi bir o‘tishda kesiladigan qo‘yimga teng qilib olinadi. Teshikka aniq ishlov berishda butun qo'yimni ikki yoki bir necha o‘tishda olib tashlash maqsadga muvofiqdir, bunda kesish chuqurligi har bir navbatdagi o‘tishda kichikroq bo‘lishi kerak. Yo‘l qo'yiladigan eng katta surishning miqdori tegishli ma’Iu- motnomalar bo'yicha ishlov berilayotgan material, asbobsozlik materiali, ishlov berish turi va sharoitlariga qarab tanlanadi yoki quyidagi formuladan aniqlanadi: