C, a b a e 10.1 -rasm. Frezalarning asosiy turlari. 10.2 -rasm. Silindrik frezaning geometrik parametrlari. N -N tgy„ tga COS O) M f sin do®. 2 sin со о 7 omin i ./ £- kZ :g< ni hosil qilamiz. Vint ariqchasining og'ish burchagi ctg (O = Jk. (10.7) (10.8) 77. (10 9)
unda Cu — zagotovka materiali va ishlov berish sharoitlarini xarakterlovchi koeffitsiyent; T— frezaning turg'unlik davri, u odatda 60...180 min chegarada bo'ladi: t -qirqish chuqurligi; S,— tishga surish; B — frezalash kengligi; Z— freza tishlari soni; q, m. x, y, u, p — daraja ko'rsatkichlari; K — ishlov berish sharoitlarining o'zgarishini hisobga oluvchi umumiy tuzatish koeffitsiyenti. Koef- fitsiyentlar va darajalar ko'rsatkichlarining qiymatlari ma’lu- motnomalardan tanlanadi.
Hosil qilingan kesish tezligi V bo'yicha frezaning aylanish chastotasi n —aniqlanadi, va dastgoh pasporti boucha tuzatish kiritiladi va amaldagi hisoblangan qiymatga yaqin kichik miqdor tanlanadi: n< n, va na bo'yicha qirqish tezligi qayta hisob- lanadi. Keyin qirqish quvvati N* ni hisoblanadi va dastgoh quvvati Nd,Kt bilan qiyoslanadi: TTC Nlasl. BOB | Jilvirlash
11.1. Jilvirlashning o‘ziga xos xususiyatlari Metallarga jilvirlash dastgohlarida abraziv asbob yordamida qirqib ishlov berish jarayoniga jilvirlash deb aytiladi Abraziv kesuvchi asboblar ixtiyoriy joylashgan, bog'lovchi bilan mahkamlangan juda ko'p abraziv materiallar donlaridan tashkil topgan. Abraziv materiallar g'ovak jismlar bo'lib, ularning g'ovakligi asbobning butun hajmini qamrab oluvchi g'ovaklar va mikroyoriqlar tizimi ko'rinishida ifodalanadi. Abraziv asboblar ish va bo'sh vuzalarning rivojlangan mikrorelyeriga ega. Abraziv asboblar bilan jilvirlash metallarga tig‘li asboblar bilan ishlov berilgandagiga qaraganda 1() va undan ortiq marta tezlikda bajari- ladi. Jilvirlash ishlov berilayotgan zagotovka materialini qirqish burchaklarining doimiy emasligi bilan ajralib turuvchi, ko'pincha qirqish tekisligiga nisbatan noqulay yo'naltirilgan, ko'p sonli abraziv donlar tomonidan ommaviy ravishda jadal qirqish jarayonidir. Har bir abraziv doni bilan xuddi qirquvchi tish singari metal- ning yupqa qatlamini kesish jilvirlashning o‘ziga xos tomoni bodib, natijada detal yuzasida cheklangan uzunlikdagi va ko‘ndalang kesimli juda kichik maydonga ega bolgan tilingan joy hosil bo^adi. Jilvirlash orqali ishlov berilgan detal yuzasi ko'plab tiiingan joylarning yig‘indisidan iborat bo'lib, ular abraziv asbobning qirquvchi yuzasida joylashgan barcha abraziv donlarning qirqish izlaridir. Jilvirlashning yana bir o'ziga xos xususiyati shuki, ayrim abraziv donlarning ishlash hududida ko'pincha po'latning erish haroratidan yuqori boigan yuqori kontakt haroratlar rivojlanadi, ishlov beri- layotgan zagotovkaning hosil bolgan issiqlikning katta qismini yutuvchi yuza qatlamlari sekundning mingdan birulushi davomida 150... 1500°C gacha qiziydi, keyin shunday tezlikda 20...350°C gacha soviydi. Jilvirlashda hosil boliadigan issiqlikning umumiy miqdori tig‘li asboblar bilan ishlov bergandagi issiqlik hosil bo‘li- shiga qaraganda ancha ortiqdir. Jilvirlash detallarga uzil-kesin ishlov berishda qoillaniladi va R = 0,08...0,32 mkm g‘adir-budurlik va 6...7 kvalitetlar bo'yicha obcham aniqligiga ega bolgan yuzalar hosil qilish imkonini beradi. Charxtoshlar xarakteristikalari va jilvirlash turlari
Abraziv doniar va boglovchidan iborat charxtoshlar keng tarqalgan abraziv asboblar hisoblanadi. Charxtosh abraziv doniar materialining sifati, donadorligi, bog'lovchi materiali, qattiqligi, strukturasi, shakli va o‘lchamlariga ko‘ra xarakterlanadi. Abraziv material xarakteristikasi 2.9-§ da berilgan. Maydalangan abraziv materiallarning donadorligi jilvir donlari asosiy traksiyasining o'lchamlari bilan aniqlanadi,xarakterlanadi va tegishli raqam bilan belgilanadi. Donadorlikning liar bir raqami donning mkm dagi ol|chami xarakteristikasidir. Abraziv doniar tokrt guruhga bo'linadi: jilvirlash donlari — № 200 dan №16 gacha (donlarning oikhiami 2000 dan 160 mkm gacha); jilvirlash kukunlari — № 12 dan № 3 gacha; mikrokukunlar — M63 dan M14 gacha, yupqa mikrokukunlar - M10 dan Ml gacha. Donlarning obchami mazkur doniar o'tuvchi elak kataldari oifchami bilan aniqlanadi. Mikrokukunlar donlarining oMcliamlari mikroskopik va fotoelektrik oiR^h^ash usullarida aniqlanadi. Olmos donlari ikki guruhga bobinad i: jilvirlash kukunlari (630/ 500 dan 50/40 gacha) va mikrokukunlar (60/40 dan 1/0 gacha). Elbor donlari uch guruhga bo'linadi: donadorligi LO 315/250 dan LO 200/160 gacha bo‘lgan jilvirlash donlari; LO 160/125 dan LO 50/40 gacha boigan jilvirlash kukunlari: LM 40/28 dan LM 5/3 gacha boUgan mikrokukunlar. Olmoslar va elborning donadorligi kasr bilan ifodalanib, donlar asosiy fraksiyasining mkm dagi eng katta oljlchaini maxrajda va eng kichik oMchami suratda beriladi. Asosan, anorganik, organik va metall boglovchilar ishlatiladi. Anorganik boglovchilardan keng tarqalgani sopol bog‘lovchilar bo''lib, ular o‘tga chidamli loy, dala shpati, kvars, talk va bo‘rdan tashkil topgan. Sopol boglovchili charxlar bir xil qattiqlikka ega bo'lib, donlari ancha ochiq (turtib chiqqan) va shlining uchun ularning ish unumi yuqori. Biindan tashqari, bunday charxlar suv, moy va yuqori harorat ta’siriga sezgir emas, bu juda muhimdir. O‘ta molrtiigi bunday charxlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Vulkanitli, bakelitli, gliftaliili organik boglovchilar charxlarni ota mustahkam va qayishqoq qiladi, natijada mazkur bogilovchili charxlarning aylana tezligi yuqori boHadi. Bunday charxlarning yuqori haroratga chidamsizligi, oson siyqalanishi (bu hoi tez-tez to’g'rilab lurishui talab etadi) va tayyorlashning qimmatga tushishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Metall asoslar (aluminiy, qalay, mis) va tolfclirgichlardan (kremniy karbidi, elektrokorund) iborat metall boglovchilar olmos hamda elbor charxlarda qoUlaniladi. Charxtoshlarning qattiqligi deganda, bog‘lovchming tashqi kuehlar ta’sirida bog‘lovchi massasidan abraziv donlarning sug‘urilishiga qarshilik ko‘rsatishi tushuniladi. Bog‘lovchi abraziv donlarni ular o‘tkir boito, qirqish xususiyauga ega boigan vaqt davomida lulib turishi hamda ohmaslashgandan so‘ng charxtosh yuzasidan ajralib ketishiga imkon berishi lozim. Charxtoshning qattiqligi soqqachani bosish, o'yiqcha parma- lash, qum oqimi bilan ishlov berish orqali aniqlanadi. Charxtoshlar quyidagi qatHqiik toifalariga ega boHadi va quyidagicha belgilanadi: YU1, YU2, YU3, SYU1, SYU2, 0‘1, 0'2, O'T1. O‘T2, 0‘Q3, Ql, Q2, AQ1, AQ2, JQ1, JQ2. Harflar quyidagilarni bildiradi: YU — yumshoq; 0‘YU - o'rtacha yumshoq: O' - o'rtacha: O'Q — o‘rtacha qattiq; Q - qattiq: AQ - ancha qattiq: JQ — juda qattiq. Harflardan keyin qo'yilgan 1 2, 3 raqamlari qattiqlikning o^ib boruvchi lartibini bildiradi. Charxtoshlar qattiqligiga ko'ra ma'lum boigan umumiy qoida- lar asosida tanlanadi. Qattiq materiallarga yumshoq charxlar bilan ishlov berish kerak (YU, O'YU, 0‘). Qovushqoq materiallargaislilov berganda (rangli metallar, yumshoq poTatlar) ham yumshoq charxlarni, biroq yirik donlisini tanlash lozim. Shakldor yuzalarni jilvirlashda charxtoshning shakl beruvchi profilini saqlash uchun ancha qattiq charxtoshlarni qoUlash kerak. Abraziv donlar, boglovchi va g‘ovaklar birlik hajmining miqdoriy nisbatlariga bog'liq ravishda silliqlovchi asbob turli strukturaga ega boiadi. Jami 13 ta struktura nomerlari bolib, 0 dan 12 gacha farqlanadi. Nolinchi struktura eng katta zichlikka ega bo‘ladi (abraziv donlar liajmi 62% ga teng). Struktura nomerlari ortib borishi bilan abraziv donlar hajmi kamayadi va g‘ovakligi yuqori bo‘lgan charxlarda g‘ovaklar hajmi 75% ga yetishi mumkin. G‘ovaklikning yuqori boliishi jilvirlash asboblari uchun sovitish, qirindi va abraziv shlamlarni haydash yaxshi sharoitlarini yaratadi. Olmos asboblaming samaradorligi va qiymatini belgilovchi eng muhim xarakteristika olmoslar konsentratsiyasi (miqdori) hisob- lanadi. 100% li konsentratsiya sifatida 1 sm-’olmos tushuvchi qatlamda (yoki 1 mm3 da 0,878 m2) 4,39 karat olmos boliishi qabul qilingan bo‘lib, bu uning hajmining 25% ini tashkil etadi. Asbob 25 dan 200% gacha boigan chegaradagi konsentratsiyada ishlab chiqariladi. Jilvirlashning quyidagi turlari farqlanadi: tashqi aylanma jilvirlash; ichki aylanma jilvirlash; yassi jilvirlash; maxsus jilvirlash (tish jilvirlash, rezba jilvirlash va bosh.). Tashqi aylanma jilvirlashda jilvirlovchi charx va ishlov berila- yotgan detal bir tomonga aylanadi (11.1 -rasm, a ). Jilvirlovchi charx asosiy Vch harakatni, detal esa aylanma surish l^harakatini bajaradi. Bundan tashqari, ishlov berilayotgan detal charxning aylanish o'qiga parallel ravishda bo'ylamasiga siljiydi 5¡b,.v. Har qaysi bir yoki ikkita o‘tish oxirida charxtosh, qirqish chuqurligiga ko'ndalang siljiydi 5ko.n s. Shu sxema bo'yicha nisbatan uzun detallarga islilov beriladi. Tashqi aylanma jilvirlash bilan konussimon yuzalarga ishlov berish mumkin. Kesib qirquvchi jilvirlash ham mavjud. Bunday jilvirlashda surish harakati faqat bir yo'nalishda — ishlov berilayotgan detal aylanish o‘qiga perpendikular tarzda ta’minlanadi. Ishlov berilayotgan yuza kengligi, odatda abraziv asbob kengligidan kichik boliishi kerak. Aylanma ichki jilvirlashda (11.1-rasm, b ) charxtosh va detal parallel o'qlar atrofida, tegishlicha, khva Vátezlikda aylanadi. Bo'ylama surish harakati v va ko‘ndalang surish harakati ó^.,, tashqi aylanma jilvirlashdagi kabidir. Aylanma icliki jilvirlashda ichki konussimon yuzalarga ishlov berish ham mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi 147