13
2.
Daromad
,
dard
,
marvarid
kabi so‘zlarning
talaffuzida
so‘z oxiridagi jarang li undoshning jarangsizlashish hodisasi
nima bilan bog‘liq?
3. Quyidagi hikoyat yuzasidan o‘z
xulosangizni ikki
jumlada bildiring. Matndan imlosi talaffuziga mos kelmagan
so‘zlarni ko‘chiring.
– Basralik bir arabning javohirchilarga
shunday hikoya
aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni
yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan
bir qultum suv bor
edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shun
-
day yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni
hech qachon unutolmay
-
man. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada
non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq izti
-
robni hech qachon unutolmayman“.
Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish
ham ne’matdir, degan xulosaga keldim.
(Shayx Sa’diy Sheroziy)
Мustaqil bajarish uchun topshiriqlar
3.1- topshiriq.
„Ayyom qutlug‘ bo‘lsin!“
mavzusidagi tabrik nutqi musobaqasiga
yozma matn tayyorlang.
3.2- topshiriq.
Tabrik nutqini videoyozuv ko‘rinishida namo yish qiling.
4- mavzu. MATN VA LUG‘AT BILAN ISHLASH
4.1- mashq.
Matn bilan tanishing.
RAMZLAR TILI
Bir
savdogar
Hindistonga borish uchun yo‘l
tadorig
ini ko‘ra boshladi. Sav
-
dogarning chiroyli to‘tisi bo‘lib, uni qafasda saqlar edi.
Dostları ilə paylaş: