48
Vaza tasviri ko‘rilgandan so‘ng uning yorug‘ – soyalari aniq-
lanadi. Bunda vazaning yorug‘lik, soya va yarim soya, tushuvchi
soyalar chegaralari aniqlanadi. Bu o‘rinda rassom Leonardo da
Vinchining “Rangtasvir haqida kitob” asaridagi maslahatni eslash joiz.
Unga ko‘ra eng avvalo, butun shaklga yorug‘lik tushmaydigan joylarga
yengil tus beriladi, so‘ng yarim soya va asosiy soya beriladi. Yorug‘ –
soyalar vositasida hajmni berishda kerakli joylarda qalam kuchi bilan
to‘qlash-tiriladi, yorug‘lik va soya o‘rtasidagi bog‘liqlik, refleks va
tushuvchi soyalar munosabatlari aniqlashtiriladi.
Vazaning shakli murakkab bo‘lganligi sababli, avvalo, uning eng
xarakterli joylarini ko‘ra olish zarur. Buning uchun rasm chizish
jarayonidagi asosiy qoida – umumiylikdan alohidalikka va yana
alohidalikdan umumiylikka o‘tish qoidalariga amal qilish lozim (27 a,
b,v,g - rasmlar).
27 - rasm. a,b Gipsdan yasalgan vazani chizish ketma - ketligi.
27 - rasm. v,g Gipsdan yasalgan vazani chizish ketma - ketligi.
Dostları ilə paylaş: