Natyurmort chizmatasviri


GEOMETRIK JISMLAR RASMINI CHIZISH



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

GEOMETRIK JISMLAR RASMINI CHIZISH
Badiiy ta’lim tizimida rasmni o‘rganish, eng avvalo, turli 
geometrik shakllarni chizishdan boshlanadi. Bunday predmetlar simdan 
yasalgan bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Bunda talaba naturaning 
ichkariga ketgan tomonlarini ham ko‘radi, perspektiv qisqarishni his 
qiladi. Perspektiv qisqarishli turli predmetlar, masalan, shisha banka
piyola, stol, stul, shkaf, televizor va boshqalarning qisqa muddatli 
konstruktiv chiziqli tasvirlarini chizish keyingi ishlar jarayonida katta 
yordam beradi. 
Ya’ni kompozitsion nuqtai nazardan to‘g‘ri tasvirlashni chamalab 
ko‘ring. Kubning eng katta o‘lchamlarini qog‘ozga belgilang. Kubni 
tashkil qilgan qirralarni simdan yasalgan model deb faraz qilib, uning 
konstruksiyasini toping. (19 - rasm). 
19 - rasm. Geometrik jismlar: kub va silindr rasmini chizish. 
Kubning bizga yaqin turgan tomoni o‘z o‘lchamida bo‘lishi, 
uzoqlashgan tomonlari qisqarishini esdan chiqaring. Buning uchun 
perspektivadan olgan bilimingizni qo‘llang. Tasvirlarni qalamni qattiq 
bosmasdan chizing. Kubni chizib bo‘lgandan so‘ng yorug‘lik tushishi 
natijasida hosil bo‘lgan joylarni shtrix, tushevka yordamida bering. 
Hajmni berishda tus darajasini qabul qiling va shu asosda yorug‘lik, 
69-расм. Мато тасвири.


40 
soya, yarim soya, tushuvchi soyalarni bir - biriga nisbatan solishtirgan 
holda bering. Ishni yakunlash oldidan umumlashtiriladi, to‘q joylar 
pasaytiriladi va aksincha, kuchaytiriladi. 
20 - а rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort konstruksiyasi. 
1-bosqich. 
Hajmli predmetlarni tasvirlashda ular nafaqat perspektiv jihatdan 
to‘g‘ri chizilishi, balki uning old tomonidagi chiziqlarning orqa 
tomonidagiga nisbatan qalinligi hamda yoritilganligi, yorug‘lik – 
soyalar munosabati e’tiborga olinishi zarur.
Yorug‘lik – soya deganda biz tasvirda to‘q va yorug‘ shtrixlar, 
dog‘lar qanday taqsimlanishini tushunamiz va oldingi bosqichda bu 
haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lganmiz. Narsalar chiziqlar 
yordamida chiziladi, ammo chiziqlar yorug‘lik – soya natijasida o‘z 
kuchini yo‘qotadi. Naturada chiziq yo‘q, unda yorug‘lik va soya bor. 
Shu asosda biz naturaning hajmi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Shar 
shaklida bo‘lgan gips modelni kuzatish davomida shar shaklini 
tasavvurimizda jonlantiruvchi yorug‘lik va soya gradatsiyalari orqali 
uning hajmini idrok etamiz.
To‘rtburchak shaklidagi predmetlar chizilishida ham yuqoridagi 
holatlar, ya’ni yorug‘lik – soyalar tarqalishi nazarda tutiladi. Men 
kuyida geometrik jismlar konus, silindr va kubdan iborat bo‘lgan 
jismlar to‘plami, chizish boskichlarini keltiraman (20 - a, b, v, g 
rasmlar). 


41 
20 - b rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort 2-bosqich. 
20 - v rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort 3 - bosqich. 
20 - g rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmortni chizish 
bosqichlari. Ish yakuni. 


42 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin