67
Portret sohasining katta ustalari odamlarni oddiy sharoitlarda,
sodda va tabiiy holatlarini topib tasvirlashga harakat qilishgan.
Natura xarakterini ko‘rsatuvchi tasvirlar va portret chizgilari ko‘-
pincha grafika yoki rangtasvirda portret bajarish uchun tayyorgarlik
bosqichini o‘taydi. Bunday hollarda talabalarga ushbu natura uchun
xarakterli holatni, ba’zan esa figuraning tashqi
muhit bilan aloqasini
topish uchun bir necha chizgilar bajarish tavsiya etiladi.
45 - а,б,в. rasmlar. Odam bosh qismini turli holatlarda chizish namunalari.
Rasm ustida ishlashda hayotiylik, soddalik va ixchamlikka e’tibor
bergan rassom uchun bolalar qiyofasini chizish ancha qiyin. Chunki
bolani tinch o‘tirishga majbur qilish qiyin. Bolalar qomatini o‘ziga xos
proporsional munosabatlarda tasvirlash qiyin kechadi. Ishning
murakkabligi bolalar qomatiga nisbatan kattalarda ko‘proq ko‘zga
tashlanadi.
Bola qomati proporsiyalarida yoshlik bilan bog‘liq bo‘lgan
quyidagi o‘zgarishlar kuzatilishini eslatib o‘tamiz: chaqaloq boshi
uzunligi butun qomat uzunligining ¼ qismini tashkil etadi. Ikki yashar
bolada 1/5, olti yoshda – 1/6, o‘n besh yoshda – 1/7. Yoshga muvofiq
alohida qismlar o‘rtasidagi nisbat sezilarli o‘zgaradi. Odatda, 2-5 yosh
o‘rtasida gavda o‘sishi
sekinlashadi, 5-7 yoshda esa bola sezilarli
cho‘ziladi, ozadi. Gavdaning pastki qismi yuqorisiga nisbatan katta
o‘sish dinamikasiga ega. Bolalar boshi proporsiyalarida miya bo‘limi
68
kattalarga ko‘ra yuziga nisbatan kattaroq qismni egallashini sezish
mumkin. Biroq talaba o‘zining ijodiy ishlarida
yuqorida keltirilgan
ma’lumotlarga ko‘r - ko‘rona yondashmasligi kerak. Aks holda, rasm
jonsiz va jozibasiz holatga keladi.
Har bir bola va o‘smirda xuddi katta odamlardagi kabi umumiy
proporsiyalardan
tashqari,
individual
cheklanishlar,
qomat
xarakteridagi ma’lum xususiyatlar va burilishlar bo‘lishi mumkin.
Bular ba’zan talabalar tomonidan kattalar nisbatlarini o‘rnatishda
hisobga olinmaydi. Bolalarning umumiy mashg‘ulot bilan birlashgan
guruhlarini chizish katta qiziqish uyg‘otadi. Masalan, kitob tomosha
qilayotgan, oromgohda o‘ynayotgan, rasm chizayotgan bolalar tasviri
ustida ishlash ular ruhiyatini ancha chuqur
tushunishga olib keladi va
ishda qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi.
Bosh qismini chizganda asosiy e’tiborni o‘tkaziladigan o‘q
chiziqlariga qaratish kerak. Naturani to‘liq o‘rgangandan so‘ng xarak-
terli holat tanlanib, uzoq muddatda bajariladigan ishga kirishiladi. Ish
bajarish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Naturani kuzatish, chizish uchun xarakterli, qulay vaziyatni
tanlash.
2. Naturani qog‘oz yuzasiga kompozitsion jihatdan to‘g‘ri
joylashtirish.
3. Bosh shaklining umumiy xarakterini, detallar o‘rnini, burilganlik
va egilganlik holatlarini topish.
4. Bosh qismidagi hajmni konstruktiv jihatdan to‘g‘ri anglash.
5. Shaklni plastik modelirovka qilish.
6. Umumiylikdan xususiylikka o‘tish, detallarni ishlash.
7. Shaklda tus darajasini va materiallikni berish.
8. Xususiylikdan umumiylikka o‘tish, ishda yaxlitlikni ta’minlash
va umumlashtirish. (46 - rasm).
Rasm chizishni boshlash uni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri
joylash-
tirmoq, aniq kompozitsion yechimni topish bilan boshlanadi. Ish uzoq
muddatga mo‘ljallab bajarilishi ko‘zda tutilganligi sababli aynan shu
69
natura ustida turli ko‘rish nuqtalaridan bir necha bor qisqa muddatli
tasvirlar bajarish juda ham foydalidir.
Odatda, portret bosh qismi o‘lchamini o‘z o‘lchamidan bir oz
kichik qilib olish qabul qilingan. Ayni vaqtda tasvirlovchi kishi bilan
tasvirlanayotgan natura orasidagi masofa hisobga olinishi kerak.
Tasvirlashga kirishganda biz chizayotgan
modelimizning hajmli
timsolini tasavvur qilishimiz zarur. Ikkinchi darajali bo‘laklarga
e’tiborni chalg‘itmasdan, uch o‘lchamli bosh qismining to‘liq umumiy
ko‘rinishini, ya’ni burilganligi yoki egilganligini, ufq chizig‘iga
nisbatan holatini, ko‘zning nisbatan yuqorida joylashganligini, o‘ng
tomonga burilganligini nazarda tutish lozim. Masalan, bosh qismining
ufq chizig‘iga nisbatan cho‘zinchoq holatini kuzatamiz.
Umumiy shakl topilgandan so‘ng qalamning
yengil harakatlari
bilan modelning xarakterli tomonlarini topish boshlanadi. Bunda
umumiy shaklning konstruktiv yechimiga alohida diqqat qaratish zarur.
Boshning konstruktiv yechimida asosiy yoki profil o‘tkazilgan chiziq
o‘ziga xos simmetriya o‘qi bo‘lib xizmat qiladi. Bu chiziq yuz qismini
chizishda naturadagi bosh suyagining miya qismi va yuz qismini
tasavvur qilish, uni qog‘ozga tushirishda yengillik yaratadi.
Peshona qismiga e’tiborni qarating. U oldinga bo‘rtib chiqqanmi,
tekis yoki ichkariga qarab ketganmi? Burun uzunligini – uning uch
qismidan qoshlar orasigacha bo‘lgan masofani aniqlang.
Burun ostki
asosidan ostigacha bo‘lgan joydan og‘iz qismining o‘rnini belgilang.
Bunda burun ostki qismidan to labgacha bo‘lgan masofa labdan
ostigacha bo‘lgan masofadan kamligiga e’tiborni qarating. Agar
naturani profil yoki 3/4 qismini chizayotgan bo‘lsangiz, u paytda bosh
qismini yaxlit faraz eting. Ko‘rinmayotgan yoki yarim ko‘rinayotgan
ko‘zni ham yoddan chiqarmang.
Profil vaziyatda chizilganda amaliyotda qo‘yidagi kamchiliklar
ko‘zga tashlanadi: ko‘z ko‘p hollarda oldindan chizilgancha o‘xshab
ketadi, ko‘z kosasi chegarasidan quloqqacha bo‘lgan masofa
kattalashib yoxud kichik bo‘lib qoladi. Shu bilan bir qatorda quloq ko‘z
va burunga nisbatan o‘z o‘rnida joylashmay qoladi.
Dostları ilə paylaş: